Kalitni oʻzgartirish bloki. Roʻyxatdan oʻtish blokidagi kalit soʻzni oʻzgartirish imkoniyatini beradi. Kalit soʻzni oʻzgartirish uchun uni bilish talab etiladi.
Mualliflar haqida maʼlumot. PDVni tuzuvchilar: mutaxassis pedagog, loyihani tasdiqlagan kengash, dasturchilar haqida maʼlumot va ularning manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari (web saytlari), hamda guvohnomalari koʻrsatiladi.
PDV boshqaruv (administrator) bloki. Bu blok PDVdan foydalanilmasdan oldin amalga oshiriladigan bir martalik sozlash boʻlib hisoblanadi. Blokning blok ostilari:
Lokal tarmoqda PDVsozlash bloki. Bunda PDV uchun boshqaruvchi boʻlgan server kompyuterda barcha xizmatchi kompyuterlarning TCP/IP manzillari kiritiladi. Lokal tarmoqda maʼlumotlarning tez va oson oʻtishi uchun zaruriy xususiyatlar oʻrnatiladi.
Oʻquv jarayoni hisobotlarini serverda saqlash bloki. Bu blok PDVning hisobotlarini saqlash uchun xizmat qiladi. Hisobotlarning necha marta va qanday, qachon olinganligi haqidagi maʼlumotlarni boshqarib boradi. Bu hisobotlar boshqaruv blokidan ikkinchi marta foydalanilganda ham oʻchib ketmaydi, faqat hisobotlarni chop qilish imkoniyati qoladi. Bundan tashqari har uch oyning oxirida PDV boʻyicha hisobotlarni avtomatik ravishda oʻzida saqlab boradi.
Oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni olish bloki. Bu blok PDV boʻyicha har uch oyda har bir oʻquvchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus shifrlar yordamida saqlaydi.
Yuqorida tasnif qilingan bloklar asosida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVni yaratsak qandaydir maʼnoda mukammallikka erishgan boʻlamiz. Endi bu bloklar asosida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDV algoritmini keltiramiz. PDVning algoritmini ikki: oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati koʻrinishida aniqladik.
Nazorat savollari va topshiriqlari.
- Bilimlаr bazasini undа qo’llаnilаdigаn intеrfеysgа ko’rа shаrtli rаvishdа qanday guruhlarga аjrаtish mumkin.
- PDV asosiy mezonlariga nimalar kiradi?
- PDV ning boshqaruv blokiga nimalarni misol keltirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |