Pedagogik diagnostika asosida uzluksiz ta’limda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish


Download 44 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi44 Kb.
#1414712
  1   2
Bog'liq
13-mavzu


13-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA ASOSIDA UZLUKSIZ TA’LIMDA TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH
REJA:

  1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlaridan foydalanish.

  2. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni tashxis etish metodikasi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korreksiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.

  2. Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korreksiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.

  3. Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda.


Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini o’zlashtiradigan, ma’lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o’rganadi. Shaxsga kasb-hunar o’rgatish, kishining ma’naviy va g’oyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya o’quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo’ladi va bunda shaxs xohlagan soha bo’yicha ta’lim-tarbiya ko’rib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan g’alq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi bo’lishini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi o’zgacha bo’ladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning o’zi yaratgan tarbiyachilik san’atiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassalaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik darajasi ko’p jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bog’liq. Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan boy bo’lishi, umumiy maqsad va o’quvchilar imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bog’langandir.
Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab bo’lgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar tizimini to’g’ri tashkil etib va ba’zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta’minlashdir.
Bugungi kunda shunchaki bilimga ega bo’lgan insonni emas, balki ijodkor o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbyalash zamon taqozosidir.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi. Tabiatga jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi. Jismoniy kuch qudratlari mustahkamlanadi.
Tarbiya qoidasi pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadadi foydalanadigan boshlang’ich holat rahbarlik asosidir.
Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va u yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi.
Tarbiya qoidalari shark mutafakkirlarining fikrlari va milliy pedagogikaning yutuqlariga asoslanadi.
Tarbiya qoidalari tarbiya jarayoninig o’ziga xos qonuniyatlarini aks ettiradi. Bu qoidalari rioya qilishni tarbiyalash samarasini oshiradi, yaxshi natija beradi.
Tarbiyaning mazmuniya, tashkil etilishi, usullari, ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi.
2. Jamiyatimizda yangicha ijtimoiy munosabatlarni paydo bo’lishi tarbiyaning mohiyati mazmuni va qoidalariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Tarbiya jarayonini yangilash tarbiya qoidalarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini tug’diradi.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarni olib borish va hakozo. Bularni hammasi o’qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo’lishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
1. Kognitiv–diagnostikka oid vazifalari (когнитивни-диагностическая)
2.Tashkiliy – natijaviy vazifalari (организаторско-стимулирующая)
3. Birlashtiruvchi- jipslashtiruvchi vazifasi. (обединительно сплачивающая)
4. Kordinatorlik vazifasi (координирующая)
5. shaxsni shakllantiruvchi vazifasi.(lichnostno razvivayuщaya.) Rassmotrim kratko suщnost kajdoy iz nix.
a) Kognitiv –diagnostik vazifasida (ot lat. cognitio – znaniye, poznaniye; diagnos – opredeleniye) o’quvchilarning bilim darajasin aniqlash vazifasidir. Buning uchun o’qituvchi o’z o’quvchilarini har tomonlama urganishi talab qilinadi.
b) Tashkiliy – natijaviy vazifasiga asosan o’quvchilarni sinfdan tashqari faoliyat turiga jalb qilishi tushuniladi. Bu tizimga o’quvchilarni shunday qiziqtirish kerakki, natijada ularning o’zlari xoxlab kelishsin.
v) Birlashtiruvchi- jipslashtiruvchi vazifasi Bu o’quvchilarning jipslashuvi natijasida amalga oshadi. O’quvchilarga sog’lom psixolgik muxitni yaratib berish kerak. .O’quvchilar bir – ibrining taqdiriga befarq bo’lmasligi muxim axamiyat kasb etadi.
g) Koordinatorlik vazifasi. Bunda sinf raxbari o’z o’quvchilarining har tamonlama kamolga erishishi uchun shu sinfga dars beradigan o’qituvchilarni yagona pedagogik maqsad sari yo’naltirishi natijasida samaraga erishishi nazarda tutiladi
d) Shaxsni shakllantiruvchi vazifasi. Bu vazifa orqali o’quvchilarda;
- xoxish – sabablarini natijaga erishirish;
- o’quv – biouv faoliyati
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling