Pedagogik diagnostika va korreksiya
III. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining mazmuni va asosiy tushunchalari
Download 22.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqдиагн
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
III. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining mazmuni va asosiy tushunchalari.
Har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘yadi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida ma’lum vazifalarni belgilaydi. Qolaversa, mazkur fan o‘zining tadqiqot ob’ekti, predmeti hamda tayanch kategoriyalari (asosiy tushunchalari)ga ega. O‘quv fanining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti va kategoriyalari uning tadqiqot yo‘nalishi, fan sifatida o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining maqsadi – pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat . Har bir fan yoki o‘quv fani oldiga muayyan vazifalar qo‘yiladi. Ularning aniq belgilanishi maqsadga tezkor va samarali erishishga yordam beradi. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani sifatida quyidagi ikki turdagi vazifalarni hal qiladi (1-rasm): Har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zinining ob’ekti va predmetiga ega. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ob’ekti – pedagogik jarayon hamda uning barcha tarkibiy elementlari – pedagog, o‘quvchi, pedagogik faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari, metodlari, vositalari, shart-sharoitlari, texnologiyalari hamda natijalari. Asosiy vazifalar Ta’lim (bilim) olish uchun zarur muhitni yaratish Ta’lim (bilim olish) muhitini qayta o‘zgartirish 1-rasm. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy vazifalari O‘quvchilarning bilim, tarbiyalanganlik, rivojlanish, shuningdek, ta’lim olish va kasbiy faoliyatni tashkil etishga psixologik jihatdan tayyorlik darajasini aniqlash; o‘quv va tarbiya jarayoni, bu jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligi va samaradorligini belgilash; pedagogik diagnostika yordamida aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash O‘quvchilarga ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, shuningdek, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish; o‘quv va tarbiya jarayoni, bu jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligini ta’minlash; pedagogik diagnostika yordamida aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash samaradorligini kuchaytirish Этот документ был отредактирован с Icecream PDF Editor. Активируйте PRO версию, чтобы убрать водяной знак. 11 O‘quv fanining ob’ekti o‘z navbatida uning predmetini belshilashga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining predmeti uning ob’ekti asosida belgilanadi. Bunda ikkita sub’ekt: o‘quvchi (bola) va pedagog, shuningdek, ta’lim va tarbiya sharoiti nazarda tutiladi (1-jadval). 1-jadval. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining predmeti “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ob’ekti sifatida O‘quvchi ko‘zda tutilganda Pedagog ko‘zda tutilganda Ta’lim va tarbiya sharoiti ko‘zda tutilganda O‘quv fanining ob’ekti quyidagicha belgilanadi: O‘quvchining shaxsiy va tipologik xususiyatlari; ta’lim olganlik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik, faoliyat ko‘nikmalari, qiziqish, xohishistaklari, xulq-atvorining namoyon bo‘lish darajalari; tengdoshlari hamda kattalar bilan munosabatining o‘ziga xosliklari Pedagogning kasbiy kompetentligi, shaxsiy xususiyatlari, o‘quvchi (bola)lar bilan munosabatining o‘ziga xosliklari Turli yoshdagi shaxsni o‘qitish metodlari; mikro guruhdagi muhit; muayyan yosh davridagi shaxsni shaxsga beriladigan ta’lim (tarbiya) mazmuni hamda ta’lim (tarbiya) vositalari, texnologiyalari; shaxsning rivojlanishiga turli omillar, xususan, oilaning ta’siri Ma’lumki, har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari)ga ega. Quyidagilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari) sanaladi: Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi. Tashxis – tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi sanaladi. Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon. Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash16 . Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat. Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik metod) kabilar qo‘llaniladi. Tashxislovchi metodika – ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir. Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli17 . Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi. Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xattiharakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza. Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor, namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar18 . Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni. Talab (psixologik-pedagogik talab) – turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi. Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologikpedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida shakllantiriladigan tashxis tamoyillari; 4) tashxislash jarayonini tashkil qilish tartibi va qoidalari. Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi. Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi. Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab oqibatli o‘zaro bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi qarashlar tartiblanadi. Shunday qilib, zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika g‘oyalarini amaliyotda qo‘llash didaktik va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy, metodik, tashkiliy, amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar tomonidan BKMning samarali o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, pedagogik jarayonda muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlansa, ularni tezkor bartaraf etish, istiqbol vazifalarni oqilona belgilashga yordam beradi. Nazorat savollari: 1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan qo‘llanilagan? 2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga kimlar hissa qo‘shgan? 3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi? 4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi? 5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 6. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday asosiy tushuncha (kategoriya)larga ega. 7. Tashxis nima? 8. “Mezon” va “ko‘rsatkich” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimadan iborat? Download 22.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling