Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari va ularning tasnifi Reja
Pedagogik vazifalar (professor-o‘qituvchi faoliyati)
Download 23.45 Kb.
|
3-amaliy yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY MA’LUMOTLAR
- MASHG’ULOTNING BORISHI
- Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
Pedagogik vazifalar (professor-o‘qituvchi faoliyati):
1. «Ta’lim mazmuni» tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar mohiyatini anglab olinishiga erishish. 2. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalarning o‘ziga xosliklarini ajrata olishga o‘rgatish. 3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish. 4. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning ta’lim mazmunini yoritishdagi ahamiyatini aniqlashtirish. O‘quv faoliyati natijtari (talabalarning o‘kuv-bilish faoliyati): 1. «Ta’lim mazmuni» tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar mohiltini tushunib olishadi. 2. Ta’lim mazmuninya belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtiradilar. 3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlarni o‘rganadilar hamda ular bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. 4. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning ta’lim mazmunini yoritishdagi ahamiyati haqida aniq xulosalarga kelishadi. NAZARIY MA’LUMOTLAR: Ta’lim mazmunini belgilash. Davlat ta’lim standarti: O’quv dasturi — O’quv rejasi — Darslik va o’quv qo’llanmalari. Davlat me`yoriy hujjatlari. Namunaviy va maktab o’quv rejasi. MASHG’ULOTNING BORISHI: (Dastlab o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma) yordamida tekshiradi, so’ngra mashg’ulotni yana davom ettiradi). Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’ngra berilgan topshiriqlarni bajaring. Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar. 1. «Nima uchun o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq doirasini belgilab olish lozim?» mavzusida aqliy hujumni o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar. 1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi. 2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi. 3. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi. 2. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtirishga doir muqobilini tanlab olish test.
Download 23.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling