Pеdаgоgik fаоliyatdа muаmmоli vаziyatlаr Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob
Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari
Download 87.28 Kb.
|
Pеdаgоgik fаоliyatdа muаmmоli vаziyatlаr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chontak xususiy kompyuterlari.
- Kompyuterli dastur-organayzer
Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
Asosiy ma'lumotlar An'anaviy qog’ozli va elektron organayzerlardan tashqari, oddiy bo'lmagan variantlar, masalan, mazmun jihatidan chizilgan biron-bir masalalar stikerlar yordamida vatman qog’oziga mahkamlangan bo'lib u devorga yopishtirilgan bo'ladi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan kitob qo’shimcha funktsiyalarga ega cho'ntakli xususiy kompyuterlar, kompyuterli dasturlar va onlayn-organayzer bilan almashtira boshlandi: bo'lajak voqealar to’g’risida eslatish, axborotni himoyalash va sinxronlash. 21- asrda organayzer deganda ko’proq mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minotni tushuna boshlashdi.Ularning so'zsiz ustunligi bo'lib kiritilayotgan ma'lumotlar hajmining amalda cheksizligi, hamda avtomatik eslatishlarni o'rnatish bo'ldi. Organayzerlar shakli turli bo'lishi mumkin. Masalan, tor ixtisoslashgan organayzerlar: retseptlar organayzeri, moliya organayzeri, musiqa kollektsiyasi organayzeri.5 Organayzer vaqtni boshqarish vositasi ham bo'lishi mumkin. Ishlarni dastavval rejalashtirish istalgan hoh shaxsiy, hoh kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. Shuning uchun vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish sohasida tashkilotlarga va xususiy shaxslarga maslahat beruvchi odamni ham ba'zida “organayzer” deb atashadi. AQSH da hattoki Kasbiy Organayzerlar Milliy Assotsiatsiyasi (NAPO) mavjud. Cho'ntak xususiy kompyuterlari. Cho'ntak xususiy kompyuterlarining rivojlanishi (ChXK) aynan elektron organayzerlardan boshlandi. Bular kalkulyator o'lchamidagi qurilmalar bo'lib adresli axborotni saqlash, voqealarni rejalashtirish, kundalikni olib borish va ichiga o'rnatilgan dasturiy ta'minot va hok.lardan iborat edi. Hozirgi kunda ChXK – bu ko'p vazifali operatsion tizimli murakkab qurilmadir. Uni organayzerga aylantirish uchun unga muvofiq dasturiy ta'minotni o'rnatish kerak bo'ladi. Kompyuterli dastur-organayzer. Kompyuterli dastur-organayzer - u amaliy dasturiy ta'minotga tegishli kompyuterli dastur bo'lib foydalanuvchi axborotini yig’ish, so'ngra undan tezkor holda axborotni qidirish, ishlarni tashkil qilish va ularni bajarishni nazoratlash, foydalanuvchining ma'lum voqealarni kuzatishi uchun mo'ljallangan. U xususiy organayzerning shakllaridan biri hisoblanadi. Tipik kompyuterli dastur-organayzerning funktsiyalari quyidagi bo'limlar ishlashini ta'minlash bilan bog’liqdir: kalendar; kontaktlar menedjeri (foydalanuvchining manzil - telefonli kitobi); yozuv kitobchasi va qog’ozchalar (yopishqoq-varaq qog’ozilar analogi); ma'lum sana va vaqtga bog’langan voqealar( mas., bayramlar yoki uchrashuvlar); vazifalarni rejalashtiruvchi (topshiriqlarni) - ularni mustaqil yoki tashqaridan bajarilishini nazoratlash; ma'lum voqealar to’g’risida foydalanuvchiga eslatuvchi-budilniklar. Ba'zi dastur-organayzerlar yuqorida sanab o'tilgan bo'limlardan biron-bittasiga ega bo'lmasligi ham bo'lishi mumkin yoki qo’shimcha funktsional vazifani bajarishi mumkin, masalan, elektron pochta bilan ishlash imkonini berib pochta mijozi funktsiyasini bajaradi. Download 87.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling