Pedagogik faoliyotda muloqat


Download 343.5 Kb.
bet7/19
Sana06.05.2023
Hajmi343.5 Kb.
#1433346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU

Jonli muloqot – tarbiyavchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og‘zaki so‘z bilan tarbiyalanuvchilarga yetkazadigan, ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir.
Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar hamda tabiyachilar jamoasi bilan uzviy aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.Tarbiyalanuvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning hurmat e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning uchun tarbiyachi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat sirlarini egallaydi, tajribali ustoz tarbiyachilarning yutuqlaridan foydalanadi. Yosh tarbiyachi uchun jonli muloqotni yaratishda quyidagi vazifalarga e’tibor berish talab qilinadi:
- tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur o‘rganish, gurux jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish;
- jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga intiluvchi erkin shaxsga tarbiya berishi shartligini unutmaslik;
- jonli muloqotning pirovard natijasi tarbiyalanuvchilarni o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishi lozimligini unutmaslik;
- jonli muloqot tufayli tarbiyalanuvchilarning muayyan darajadagi intellektual salohiyatlarini, aql zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.
Tarbiyachining pedagogik muloqoti amalda o‘zining uchta shakli bilan namoyon bo‘ladi:

  • bilimlarni egallashda tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning birgalikda hamkorlik qilishlari;

  • tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning faolligini ro‘yobga chiqarmasligi;

  • tarbiyachining tarbiyalanuvchilar o‘zaro muloqotda, nisbatan mo‘tadil munosabatda bo‘lishi va tarbiyalanuvchi jamoasi tomonidan hal etilayotgan barcha muammolardan o‘zini chetga olishi.

To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida tarbiyachi tanlagan vositalar tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga muvofiq kelishini o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi. Pedagogik faoliyatda tarbiyachi muloqot orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:
birinchidan, tarbiya jarayonining tarbiyachi tomonidan yakka holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;
ikkinchidan, tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;
uchinchidan, tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning tashkil qilinishi;
to‘rtinchidan, tarbiyalanuvchini mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish imkoniyatlaridan foydalanish;
beshinchidan, komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi sifatida tarbiyachi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi ekanligini unutmaslik.
Muloqot jarayonida tarbiyalanuvchilarning xulqi ijtimoiy qonun qoidalar maromiga zid kelsa, u holda uning hatti-harakatiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladi, ya’ni, e’tiroz, tanbeh, ogohlantirish kabi vositalar qo‘llaniladi. Muloqot jarayonida tarbiyachining axloqiy namunalari muhim ahamiyatta ega bo‘lib, axborot almashinuv, o‘zaro ta’sir, kabi muloqot vositalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling