Pedagogik faoliyotda muloqat
Download 343.5 Kb.
|
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qor bo‘ron texnologiyasi.
- Asalari galasi texnologiyasi.
- Akvarium texnologiyasi
- 2.3. Tajriba sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi.
Mojaro texnologiyasi
Mojaro uslubi favqulotdagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni tarbiyalanuvchilarga o‘rgatish maqsadida amaliyot mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchiga muammo yuzasidan vaziyatga oid har qanday top shiriq ko‘rinishidagi qisqacha axborot taqdim etiladi. Berilgan top shiriqni tahlil qilib chiqish va 1-1,5 daqiqa ichida tezgina qaror qabul qilish zarur. Bu uslubda mashg‘ulot o‘tkazish tarbiyalanuvchilarning fikr qilishini juda ham faollashtiradi va ularni favqulotdagi vaziyatlarda ishlashga o‘rgatadi. Bunda muhimi topshiriqni to‘la bajarish emas, balki tezlik bilan chaqqon bajarishdir. Tarbiyalanuvchi topshiriqning birinchi galda uddalash kerak bo‘lgan qismini bajarishi mumkinki, bu ham uning o‘qishida ahamiyatga ega. Mazkur uslub mashg‘ulotning turli bosqichlarida qo‘llanilishi bilan birga, yangi materialni ishlab chiqish va mustahkamlashga qaratilgan asosiy bosqichda hammadan ko‘p foydalaniladi. Qor bo‘ron texnologiyasi. Ushbu uslubda ikki guruh tarbiyalanuvchilari bir muammo yoki vaziyatni eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar olish maqsadida birgalikda muhokama qilishadi. Masalan, o‘rganilayotgan mavzuga doir savol topshiriqlar beriladi. Har bir to‘g‘ri javob «yumaloqlangan qor» ko‘rinishida o‘sha guruhga ball tariqasida yozib qo‘yiladi. Eng ko‘p ball olgan guruhga a’lo baholar qo‘yiladi. Asalari galasi texnologiyasi.Asalari galasi usulida berilgan muammoni yo butun guruh yoki ikkita kichik guruh tomonidan muhokama qilib chiqishga mo‘ljallangan. Topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar muammoning yechimini 10-15 daqiqa davomida muhokama etib, hamkasblariga ma’lum qilishadi. Bunda eng yaxshi javob varianti tanlab olinadi. Akvarium texnologiyasi Akvarium uslubida guruhdan ixtiyoriy ravishda uch tarbiyalanuvchi tanlab olinadi. Bular gurux xonasining o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki akvariumdagi baliqlardek, qolgan tarbiyalanuvchilar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi guruhdoshlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini tinglab borishlari kerak. Avval akvarium baliqlari fikri taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z fikrlarini taklif etishadi, shu fikrlarning eng yaxshisining muallifi o‘z fikrini taklif etmagan tarbiyalanuvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi. Bu usul xuddi «Nima, qayerda va qachon?» degan o‘yin singari o‘tkazish mumkin, tarbiyachi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, tarbiyalanuvchilar berilgan savollarni bir daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar tarbiyalanuvchi borib o‘tiradi. 2.3.Tajriba sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi. ‘’Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyasidan foydalanishning axamiyati’’ masalalari nazariy jihatdan bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida batavsil yoritildi. Malumki, Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan mashg'ulotlar o`ziga xos xususiyatlarga ega.Mashg’ulotlar jarayonida tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning qanday yo’llar va usullari orqali amalga oshirish mumkinligini bilish uchun quyidagi tajriba sinov ishlarini maqsad qilib qo’ydik.Tajriba sinov ishlarini Qarshi shaxridagi 17-sonli ‘’Turnacha’’ nomli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirdik.Tajriba sinov ishlari quyidagi ko’rinishda olib borildi .Men tajriba sinov ishimning boshida ikkta gurux ya'ni 1-o'rta gurux tajriba guruxi 2- o'rta gurux nazorat guruxi tarbiyalanuvchilarini tanlab oldim. Tajriba va nazorat guruxlarini avvalo kuzatdim.Tarbiyachi mashg'ulotlarda qanday texnologiyalardan foydalanishi, tarbiyalanuvchilarning bilish darajasi va xokazo. Xar ikki o'rta gurux tarbiyalanuvchilarida Elementar matematika mashg'ulotini olib bordim.Tajribamni boshlashdan oldin Elementar matematika mashg'ulotida tarbiyalanuvchilardan kichik savol javob o'tkazib oldik.Tajriba va nazorat guruxi tarbiyalanuvchilaridan elementar shakllarni, raqamlarni qay darajada tanishi va sanay olishi, xaqida ma'lumotga ega bo'ldim. Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling