Pedagogik faoliyotda muloqat
Tajriba boshidagi ko‘rsatkich
Download 343.5 Kb.
|
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori O‘rta Past
Tajriba boshidagi ko‘rsatkich
2. 3.1- jadval
Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, faqatgina nazariy bilimlar berish yoki nazariy bilimlarni hayot bilan bog‘lamay turib tarbiyalanuvchilarda Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish borasida yuqori natijalarga erishish mushkul. Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga mashg'ulotlarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish va takomillashtirishda turli metodlarni,texnologiyalarni qo‘llashdan iborat. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning qisman matematik tasavvurlarini shakllantirish asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish samaradorligini oshirishda tarbiya texnologiyalarining turli xil noan’anaviy usullaridan foydalanishdir. Matematik va son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarni orttirishi,mantiqiy fikrlash va muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish,son-sanoq,miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi. 1-talab:Bola son - sanoq va hisoblashga oid bilimlarni namaoyon qiladi. 2-talab:Bola predmetlarni toifalash,guruxlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qiladi. Tashkil etilgan ushbu mashg'ulot gurux tarbiyachisi va amaliyotchi talabalar tomonidan ijobiy baholandi. Ularning ta’kidlashlariga ko‘ra Elementar matematika mashg'ulotida interaktiv metodlardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilgan ushbu mashg'ulotda tarbiyalanuvchilar faolligi yaqqol sezildi. Tarbiyalanuvchilar mashg'ulot jarayonida o‘zlarini erkin tutib, berilgan barcha topshiriqlarni mustaqil bajardilar. Ular matematik tasavvurlar xaqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'ldilar.Mashg'ulotda ''Qorbo'ron'' texnologiyasidan foydalandim.Ushbu uslubda tarbiyalanuvchilar ikki guruxga bo'linishadi, bunda xar bir tarbiyalanuvchi bolalarga sanoq sonlari va geometrik shakllar tarqatib chiqildi.Bunda ikki gurux tarbiyalanuvchilarining xam chaqqonligi muxim axamiyatga ega, sababi men qo'limda qaysi sanoq son yoki shakllarni ko'rsatganimda tezkorlik bilan javob berishlari kerak.Xar bir to'g'ri javob uchun ''yumaloqlangan qor'' ko'rinishida o'sha guruxga ball tariqasida yozib qo'ydik.Eng ko'p ball olgan guruxga rag'batlantirish kartochkalari taqdim qilinadi. Mashg'ulotda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning klaster, Qorbo'ron texnologiyas, Akvarium texnologiyasi,Tarozi texnologiyasi kabi turlaridan samarali foydalanildi. Elementar matematika mashg'ulotini bir necha bor tashkil etdik.Tarbiyalanuvchilarning biz tashkil etgan mashg'ulotlar samaradorligini bilish maqsadida yana bir bor tajriba gurux tarbiyalanuvchilariga og‘zaki savollar bilan murojaat etdik. Og‘zaki savol natijalari quyidagi jadvalda aks etgan. Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling