Pedagogik faoliyotda muloqat
Tarmoqlar(Klaster) texnologiyasi
Download 343.5 Kb.
|
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skarabey texnologiyasi.
- Tarozi texnologiyasi.
- Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
Tarmoqlar(Klaster) texnologiyasi.
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tarbiyalanuvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu uslub biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tarbiyalanuvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda tarbiyalanuvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Skarabey texnologiyasi. Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu texnologiya tarbiyalanuvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. Skarabey texnologiyasi tarbiyalanuvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega. Tarozi texnologiyasi. Tarozi texnologiyasi munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘rganishda qo‘llash mumkin. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi. Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin tarbiyalanuvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh tarbiyalanuvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. Tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mashg’ulot so‘ngida muhokama qilinadi. Tarbiyalanuvchi kichik guruhlarda ishlaganida, mashg'ulotda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling