Pedagogik faoliyotda muloqat


An‘anaviy hamda interaktiv mashg'ulot orasidagi ayrim


Download 343.5 Kb.
bet10/19
Sana06.05.2023
Hajmi343.5 Kb.
#1433346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU

An‘anaviy hamda interaktiv mashg'ulot orasidagi ayrim
farqlar.



Asosiy tushunchalar

An'anaviy mashg’ulot

Interaktiv mashg’ulot

1

Qo‘llanish darajasi

Barcha mavzular bo‘yicha ular uchun qulay bo‘lgan mashg’ulot turlari shaklida qo‘llaniladi

Ayrim mavzular bo‘yicha interaktiv mashg’ulot-ning qulay bo‘lgan turlari shaklida qo‘llaniladi. Boshqa mavzular uchun an'anaviy mashg’ulot qo‘llaniladi

2

Mashg’ulot maqsadi

Mashg’ulot mavzusi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash

Mashg’ulot mavzusi bo‘yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o‘rgatish.

3

Tarbiyachining vazifalari va ish usullari

Yangi mashg'ulotni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat,topshiriqlar berish

Tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazoart, yakuniy xulosalarni asoslab berish

4.

Mashg’ulotga tayyorgarlik talablar

Mashg’ulot rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.

Interaktiv mashg’ulot ishlanmasi, mustaqil ishlar usun topshiriqlar

5.

Tarbiyalanuvchilar tayyorgarligiga talablar

Oldingi mashg’ulot bo‘yicha vazifalarni bajarib kelish

Yangi mashg’ulot mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilish

6.

Tarbiyalanuvchilarning vazifalari va ish usullari

Tarbiyachini tinglash va o‘zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish

Tarbiyachi bergan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish

7.

Vaqt taqsimoti

Mashg’ulot vaqtining ko‘p qismi tarbiyachining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o‘zlashtirishni nazorat qilishga sarflanadi.
Mashg’ulot vaqtining ko‘p qismi tarbiyalanuvchilar-ning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o‘z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi

Mashg’ulot vaqtining ko‘p qismi tarbiyalanuvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o‘z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi

8.

Mashg’ulotning modul va algoritmlari

Mashg’ulotning modul va algoritmlardan har bir tarbiyachi o‘zi qo‘llayotgan metodga muvofiq foydalanadi

Har bir mashg’ulot oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o‘tkaziladi

9.

Tarbiyalanuvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi

Tarbiyachi har tomonlama faol, tarbiyalanuvchilar diqqatini jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha faol. Muloqot shakllari: tarbiyachi-guruh; tarbiyachi-tarbiyalanuvchi; tarbiyalanuvchi-tarbiyachi; gurux-tarbiyachi;

Tarbiyachi ham, tarbiyalanuvchilar ham har tomonlama faol hamkorlik, hamijodkorlik shakllari; tarbiyachi-tarbiyalanuvchi; tarbiyachi-tarbiyalanuvchi; tarbiyalanuvchi-kichik; guruh;
Kichik guruh-kichik guruh; tarbiyalanuvchi-tarbiyachi; kichik guruh-. tarbiyachi;

10

Bilimlarni o‘zlashtirishning asosiy usullari

Muloqot, muhokama, munozara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar

Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar

11

Mashg‘ulot shakllari

Ma'ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, labaratoriya mashg‘uloti, davra suhbati, baxs, munozara, konsultasiya va boshqalar

Ma'ruza, guruh yoki juft bo‘lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar

12

Kutiladigan natija

Mavzu bo‘yicha tarbiya-lanuvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka-larini o‘zlashtirishlari

Mavzu bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning o‘z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg‘ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Interaktiv mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi hulosalarga kelish mumkin:
1.Mashg'ulot rejadagi mashg'ulotlarni o'tishda qaysi mavzular bo‘yicha interaktiv mashg'ulotlarni tashkil qilish, maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta‘minlaydigan interaktiv yoki an‘anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
2. Interaktiv mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun tarbiyalanuvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asaosiy tushunchalarni va dastlabki ma‘lumotlarni bilishlari zarur.
3. Interaktiv mashg‘ulotda tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlari uchun an‘anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta‘siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o‘zining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari muqaddimasida shunday yozgan edi: “umid ulkim, o‘qig‘uvchilar diqqat va e‘tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bag‘ra olg‘aylar......”. Bunda shu asarni har kim turlicha, ya‘ni o‘z fahmu idroki darajasidagina tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib bundan biz interaktiv ta‘lim usullarining an‘anaviy usullardan asosiy farqlari to‘g‘risida yuqori aytgan xulosalarimizni yana qisqa qilib, tarbiyalanuvchilarning fahmu idroklarini o‘stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Bunda ta‘kidlash lozimki, interaktiv ta‘lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta‘lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Bu usullar tarbiyalanuvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste‘dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qilgan.
Hozir interaktiv mashg‘ulotlarni olib borishda ma‘lumki, asosan interaktiv usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma‘lum darajada interaktiv texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq.
Interaktiv mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ularni mashg'ulot mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Interaktiv mashg‘ulotda ishtirok etish uchun tarbiyalanuvchilarning tayyorliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Metodlarni to‘g‘ri tanlash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta‘minlaydi.
Interaktiv metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu metodlardan amalda foydalanish konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
-tarbiyalanuvchi o‘zi o‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o‘rgata olmaydi;
-tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga bilimlarni “kashf qilishga” yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;
-bilim borliqan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Konstruktivizm nazariyasi nima?
Bu nazariyani amerikalik pedagog Djon Dyui (1859-1952) ishlab chiqqan. Jan Piaje shu yo‘nalishda ishlar olib borgan.
So‘nggi 30 yil davomida konstruktivizm pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida ommalashdi. Unga ko‘ra ta‘lim-tarbiya tarbiyalanuvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanadi. Hech kim hech kimni hech narsaga o‘rgata olmaydi, tarbiyalanuvchi o‘zi o‘rganishi kerak.
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘z tajribasi, bilimlari bilan tashqi, no‘ma‘lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini yengib o‘tish jarayonini ifodalaydi.
Tarbiyachi mashg'ulot maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering, tekshirib ko‘ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko‘ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta‘lim-tarbiya maqsadlarini hamda o‘quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash tarbiyalanuvchilarning mashg'ulot materiali bo‘yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o‘z nuqtai-nazarini, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
Interaktiv mashg‘ulotning asosiy usullari: interaktiv seminar, trening, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, skarabey, bumerang, zigzag yoki arra, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, chigilyozdi, muzyorarlar, fidbek va boshqalar.
Quyida interfaol usullar asosida o‘tilgan mashg'ulot namunasini keltiramiz:
Mashg'ulotning texnologik xaritasi.
Mashg'ulot – ta‘lim-tarbiya jarayonining eng nozik nuqtasi, poydevori va mahsulidir. Shunday ekan, mashg'ulotdan kim qanday natija olmoqda? Bu savolga, albatta, izlanuvchan, tajribali, ijodkor tarbiyachi ijobiy ko‘rsatikichlari bilan javob breshishi umkin.
Ta‘lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar tufayli mashg'ulotning shakli va mazmuni, ta‘sirchanligi, samadorligi, baholash mezonlari ham o‘zrgardi. Shulardan biri – mashg'ulotlarda interfaol usullarni qo‘llanishidir. Bugungi kun tarbiyachisi avvalo, mashg'ulotning texnologik xaritasini to‘g‘ri tuza olish kerak. Interfaol usullarni qaysi bosqichda qanday qo‘llash mashg'ulotning bayonini yozish vaqtidan boshlanadi.
1 – chaqiruv bosqichi.
2 – anglash bosqichi.
3 – fikrlash bosqichi.
Bu bosqichlar interaktiv usullarni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida qo‘llash hamda mashg'ulot samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling