Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

Simulyasion markazlarda - virtual trenajerlar, simulyasion robotlar, turli xil 
ishbilarmonlik o‘yinlari yordamida kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan modul birliklaridan foydalaniladi. Talablarning 
Amaliy ko‘nikma va kompetensiyalar ko‘p marotaba qaytarish, takrorlash, mashq 
qilish, ko‘p marotaba kuzatish, bajarish, imitatsion va virtual trening yordamida
hosil qilinadi. 
Simulyasion markazlarda ishlash uchun talaba quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi 
kerak: 

shaxsiy kompyuterda ishlash bo‘yicha kerakli mahoratga; 

malaka darajasi: paydo bo‘layotgan vaziyatlarda ishlab chiqarish surati 
to‘g‘risida kerakli bilimlarga; 

kommunikativlik: hamkasblar va ustozlar bilan muloqot qilishda olingan 
bilimlar va vaziyatlarni amalga oshirish vakolatlaridan malakali va erkin 
foydalana olishi. 
Simulyasion markazlarda ta’limni alohida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 
pedagog –o‘qituvchilar olib borishi maqsakdga muvofiqdir. Ular amaliyotdagi 
mutaxassislar bilan hamkor likda turli xil vaziyatlar uchun ssenariylar ishlab 
chiqish, metodik ishlarni tashkil qilish, injener-texnik xodimlar bilan o‘quv 
vositalari bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizlik qoidalarini ta’minlash 
qoidalariga amal qilishlari lozim. Maqsad - imitatsion faoliyatni real holatga 
maksimal darajada yaqinlashtirishdan iborat. 
Simulyasion ta’lim o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va 
qiyin sharoitlardan chiqib ketishni rejalashtirish maqsadiga qaratilgan. Bunda har 
bir kasbning mavzular ketma-ketligiga qarab ko‘nikmalar ruyxati tuziladi va ularni 
o‘qitish uchun vaqt me’yorlari ishlab chiqiladi. Ko‘nikmalar ruyxati ilm-fan va 
taraqqiyot rivojiga qarab o‘zgarib boradi. Har bir kasb bo‘yicha pedagog nazorati 
ostida amaliy ko‘nikmalar ruyxati asosida professional kompetensiyani 
shakllantirish uchun sarflangan vaqt bitta modul xisoblanadi. Kunlik o‘tiladigan 
modullar uchun vaqt belgilanadi. 
Simulyasion o‘qitishda standart o‘quv modulini yoki standart immititson 
modulini ta’lim jarayoniga kiritish va har biri yakuniy natijaga qaratilgan bo‘lishi 
va nazorat qilinishi taqazo etiladi. SHu modulga ajratilgan vaqt oralig‘ida amaliy 
ko‘nikma va konpentinsayalar ro‘yxatini shakillantirish. Bu modullarini trening 
yoki boshqa shakillarda o‘tkazish mumkin. 


Bu modullar faqat amaliy bo‘lib, quyidagi tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: 
1.Tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan boshlang‘ich nazorat, imitatsiya bo‘yicha 
instruktaj, topshiriqlar olish (ajratilgan vaqtning 20% gacha); 
2.Topshiriqlarni bevosita bajarish (ajratilgan vaqtning 60% gacha) 
3.Bajarilgan topshiriqlar muhokamasi (debrifing) (ajratilgan vaqtning 10% 
gacha); 
4.Topshiriqlarni yakuniy bajarilishi (ajratilgan vaqtning 10% gacha). 
Simulyasion o‘qitishda vertual terenajorlar, simulyasion robortlar, turli hil 
ishbilarmonlik o‘yinlari, muommolarni echishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar 
va boshqalardan unumli foydalaniladi. Simulyasion o‘qitishda ta’lim oluvchining 
javobgarligiga katta urg‘u beriladi. 
Simulyasion o‘qitishda faoliyat natijasini baholashning yagona tizimi 
muhum rol o‘ynaydi. Demak sifatli baholash uchun mezonlarni ishlab chiqish va 
amalda qo‘llash mexanizimi yaratilishi zarur. Uning asosi sifatida malaka 
talablarini olish mumkin. Masalan: 
- Holatni baholash bo‘yicha qaratilgan xarakatlar,
- Ba’zi funksiyalarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar 
- Xavsizlikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar 
- O‘zaro hamkorlikka qaratilgan harakatlar va hakazo. 
Ta’lim oluvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolarni 
oldindan muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim beruvchi simulyasion o‘qitishda tafakkur qilishga, turli echimlarni 
topishga diqqatni qaratish lozim. 
Debrifing- vazifani bajargandan keyingi muhokama, ijobiy salbiy holatni 
tahlil etish, egallangan tajribani muhokama qilish. 
Bu faoliyat qaytar aloqani ta’minlaydi egallangan ko‘nikmalarni 
mustahkamlaydi, ta’lim oluvchilarda refleksiv tafakkurni ravojlantiradi. Debrifing 
ma’lum tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin va ta’lim beruvchi o‘zaro ishonchga 
asoslanib, tahlil qilishi xato va kamchiliklarni xafa bo‘ladigan darajada 
ko‘rsatmaslik, tinglovchilarni diqqat bilan eshitishi savollar yoki yo‘riqnomalar 
bilan tuzatishi, ochiq savollardan unumli foydalanishi mumkin. Masalan : “Agarda 
siz ana shunday vaziyatga yana tushib qolganingizda qanday samarali xarakatlarni 
amalga oshirgan bo‘lar edingiz”, “ushbu xollatda qanday harakat qilishligini 
tushundingiz-?”, “Bo‘lajak kasbiy faoliyatingizda egallangan ushbu dajribani 
qanday qo‘llagan bo‘lar edingiz” va hakazo. 
Topshiriqlarni yakuniy bajarilishi bosqichi: olingan tajribani umumlashtirish, 
malaka va ko‘nikmalarni tahlil etish.


Simulyasion ta’limni mulkchilikni turli xil shakllarida qo‘llash mumkin. 
Simulyasion ta’lim dasturi, mazkur kasb tayyorgarigi dasturi bilan uyg‘unlashgan 
bo‘lishi lozim. Bunda ta’limning barcha shakllari (ma’ruza, onlayn-ma’lumotlar, 
mustaqil ishlash, oddiy simulyasion darslar) qo‘llanilishi mumkin. Ishchi dasturda 
qaysi mavzularbo‘yichaamaliy mashg‘ulotlarda imitatsion modullar o‘tilishi 
belgilangan bo‘lishi kerak. Imitatsion jihozlar amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 
to‘liq mos kelishi kerak. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling