Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
М.Шорахимов (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Axborot
- Axborot texnologiyasi
6.1. Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq
1. Professional ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar: simulyasion o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha “Mening innovatsion g‘oyam” (faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasasi misolida) loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihalash “g‘oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish” tizimiga asoslanishi lozim. Glossariy Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi Axborot resurslari - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi Axborot texnologiyasi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari Farmon - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy hujjati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni normativ hujjatlar yoki nonormativ hujjatlar, ya’ni huquqni qo‘llashga doir hujjatlar bo‘lishi mumkin. Barcha uchun majburiy kuchga ega yangi xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan farmon normativ hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirish jarayonida chiqaradigan farmonlar, masalan, O‘zbekiston Respublikasi ning orden va medallari bilan mukofotlash, faxriy unvonlar berish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonlar nonormativ hujjatlar hisoblanadi. Qaror - bir qator organlar va mansabdor shaxslarning huquqiy hujjati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari va Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarga oid hujjatlarni qarorlar shaklida qabul qiladilar. Bueruq -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling