Dastur nomi
|
Avtomobil tuzilishi o‘quv amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
180
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
17
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quv amaliyotni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarda avtomobil va dvigatellarning tuzilishi va ularning tavsifnomalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-avtomobil mexanizmlari, asboblari va detallarini;
-ichki yonuv dvigatelida sodir bo‘layotgan jarayonlarni;
-zamonaviy avtomobillarning tuzilishini;
-avtomobil dvigatellari tuzilishini;
-mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
|
Bilimlar
|
avtomobillarning umumiy tuzilishini;
dvigatellarni umumiy tuzilishi va ish tsikllarini;
dvigatel va mexanizm tizimlari tuzilishi va ishlash tartibini;
transmissiyaning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibini;
yurish qismining vazifasi va tuzilishini;
boshqarish organlarining vazifasi va tuzilishini bilish.
|
Ko‘nikmalar
|
avtomobillarni tuzilishini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish;
dvigatellarni mexanizm va tizimlari tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish organlarini tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
barcha turdagi avtomobillarni tavsifnomalarini maxsus mahlumotnoma asosida tuzib chiqish;
avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish bo‘yicha mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|