O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
Elektrotexnika va elektronika asoslari, hamda texnikaviy chizmachilik, Avtomobillar tuzilishi, Avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
A – Amaliy ta’lim;
O‘quv amaliyoti darslari ta’lim muassasasi o‘quv amaliyoti ustaxonasida yoki ish beruvchi bilan kelishgan holda ishlab chiqarish korhonasida tashkil etiladi.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1.
|
Kirish. O‘quv ustaxonasida
xavfsizlik texnikasi
va yong‘in havfsizligi
qoidalari. Chilangarlik
ish joyini tashkil
etish.
|
O‘quvchilarni ustaxonalardagi barcha chilangarlik uskunalari, moslamalari, dastgoxlari bilan tanishtirish. Elektr energiyada ishlaydigan jihozlarni massaga ulanishi. Barcha xavfsizlik texnikasi, yong‘inga qarshi xavfsizlik, sanitariya gigiyena qoidalari bilan tanishtirish. O‘quvchi jarohat olsa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
6
|
A
|
2
|
2.
|
Dvigatellarni qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
Dvigatellarni qismlarga ajratish, yuvish, tozalash, saralash, yig‘ish va sinash ishlarini ketma ketlikda o‘rganib bajarish.
|
12
|
A
|
4
|
3.
|
Krivoship–shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
Krivoship–shatun mexanizmini qismlarga ajratish, yuvish va tozalash. Tirsakli val va unga o‘rnatilgan detallarni ajratib yig‘ish. Krivoship–shatun mexanizmini yig‘ish. Gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish yuvish, tozalash. Dvigatel ishonchiligini va uzoq ishlovchanligini oshiruvchi konstruktiv va texnologik tadbirlarni o‘rganish. Dvigatelni ramaga mahkamlash usullari. Mexanizmlarning afzalliklari va kamchiliklari. Gaz taqsimlash fazalari. Ularning dvigatel ishiga ta’sirini aniqlash.
|
18
|
A
|
6
|
4.
|
Sovitish va moylash tizimlarini qismlarga ajratish va yig‘ish
|
Sovitish tizimini germetikligini tekshirish. Matiz avtomobilining sovitish tizimini qismlarga ajratish. Suyuqlik nasosi va ventilator dvigateldan ajratib yig‘ishni o‘rganish. Neksiya avtomobilining sovitish tizimidagi radiator va jalyuzini ishlashini tekshirish. Termostatlarni detallarga ajratib yig‘ish ishlarini bajarish.
Moylash tizimini germetikligini tekshirish. Dvigateldagi moy satxini shchup yordamida tekshirish. Moy va moy filtirlarini almashtirishni o‘rganib bajarish. Matiz avtomobili dvigateli moy nasosini detallarga ajratib yig‘ish. Dvigatel karterini shamollatish. Shamollatish tizimining atrof-muhitta ta’siri.
|
12
|
A
|
4
|
5.
|
Benzinli, gaz ballonli, dizel dvigatellarining ta’minlash tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
Tizimning umumiy tuzilishi va ishlash tartibini o‘rganish. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarni taminlash tizimlarini qismlarga ajratish, yuvish, tozalash ishlarini bajarish. L-Jetronik yonilg‘i purkash tizimini detallarga ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish. Xavo filtrlarini tozalash. Yonilg‘i purkash tizimlarida ishlatiladigan datchik va ijrochi mexanizmlarni ishlashini o‘rganish. Ovoz-so‘ndirgich. Yoqilg‘ini uzatish va yonib bo‘lgan gazlarni chiqarish qismlarining ishlash tartibi o‘rganish. Dvigatelning uzoq ishlashiga havoning ifloslik darajasining ta’siri.
Dizel dvigatellarini ajratish va yig‘ish. Yonilg‘i filtrlarini tozalash. Xaydovchi nasos, yuqori bosimli yonilg‘i nasosi, forsunkalarni dizel dvigatellaridan ajratib yig‘ish va sinash.
Suyultirilgan neftli gazda ishlovchi avtomobil dvigatelining gaz balonli taminot uskunalarini qismlarga ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish.
|
12
|
A
|
6
|
6.
|
Avtomobil elektr jixozlarini qismlarga ajratib yig‘ish
|
Akkumulyator batareyasining nosozliklarini aniqlash. Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash. Generatorlarni qismlarga ajratib yig‘ish. Startyorlarni nosozliklarini aniqlash. Startyorlarni tok keluvchi simlarini maxkamlash. Chyotkalar va kolektorning kirlanishini tozalashni o‘rganish. Startyorlarni sinash ishlarini o‘rganish. Yoritish va nazorat-o‘lchash asboblarining asosiy nosozliklarni aniqlash. Xaroratni ko‘rsatkichni sinash.
|
18
|
A
|
6
|
7.
|
Transmissiya agregatlarini qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
Ilashish mexanizmidagi tepkini erkin yo‘lini o‘lchashni o‘rganish. Bir diskli va gidravlik xamda elektromagnit kukunli ilashish muftalarini qismlarga ajratib yig‘ish. Yuk avtomobilining ilashish muftasini ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish. Neksiya avtomobilining diafragma prujinali ilashish muftasini ishlash tartibini o‘rganib qismlarga ajratish va yig‘ish.
Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish, ustki sirtini yuvish va tozalash. Uzatmalar qutisidagi moy satxini tekshirish. Shesternalarning tishlari uvalanishi yoki sinishi, uzatmalar o‘z-o‘zidan uzilishi, shesternalar shovqin bilan ishlashi, ikki uzatma bir vaqtda ulanib qolishi va uzatmalarning ulashning qiyinlashish sabablarini o‘rganish. Sinxronizatorlarni ajratib yig‘ish.
Kardanli uzatmaning avtomobilda joylashishi. Kardan uzatmalarni nazoratdan o‘tkazish. Kardan uzatmalarni qismlarga ajratish. Krestavinalar shiplari toreslarining yeyilishi ularning oralig‘ini o‘lchab aniqlash. Kardanli val vilkasidagi podshipniklar uchun mo‘ljallangan teshiklar yeyilishini aniqlash. Kardanli uzatmaning ikki bosqichda yig‘ish.
Orqa ko‘priklardagi differensial, yarim o‘qlarni qismlarga ajratish va yig‘ish. Asosiy uzatmalardagi moy satxi va germetikligini tekshirishni o‘rganib bajarish.
|
12
|
A
|
4
|
8.
|
Yurish qismlarini qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
Old g‘ildiraklarning podshipniklarini rostlash. Orqa g‘ildiraklarning podshipniklarini rostlash. G‘ildiraklarning yaqinlashuvini tekshirish. Old ko‘prik balkasining nuqsonlarini aniqlash. Burish sapfalarini tekshirishni o‘rganish. Old ko‘priklarni qismlarga ajratish va yig‘ish. Ramalarning nuqsonlarini aniqlashni o‘rganish. Kronshteynlarni maxkamlash. Amortizator va ressoralarni nuqsonlarini aniqlash va qismlarga ajratib yig‘ish.
Shinalarni tamirlash jixozlari bilan tanishish. Shinalarni ko‘zdan kechirish. Shinalardagi xavo bosimini tekshirish zarur bo‘lsa dam berish. Shinamontaj qurilmalaridan foydalanishni o‘rganish.
|
12
|
A
|
4
|
9.
|
Boshqarish mexanizmlarini qismlarga ajratish va yig‘ish
|
Rul boshqarmasini qismlarga ajratib va uni yig‘ish. Rul boshqarmasining detallarining texnik xolatini ko‘zdan kechirish va sinab ko‘rishni o‘rganib bajarish. Rul chambaragidagi luftni o‘lchashni o‘rganish. Rul chambaragi va kolonkasining maxkamlanishini tekshirish. Rul yuritmasi gidrokuchaytirgichi tizimi birikmalarining tekshirish. Rul boshqarmasiga tashxis qo‘yish asboblaridan foydalanishni o‘rganish. Rul tortqilari sharnirlarining xolatini baxolash va rostlash. Chervyakning rolik bilan tishlashishi rul mexanizmini avtomobildan ajratib olmasdan rostlash.
Tormoz tizimini qismlarga ajratib yig‘ish. Tizimdagi xavoni chiqarib tashlash va germetikligini tekshirish. Tormoz tizimi naychalarining axvoli va zichligini tekshirish. Tormoz pedali va to‘xtab turish tortqilarini erkin yo‘lini xolatini aniqlash. Bosh tormoz silindridagi tormoz suyuqligini satxini o‘lchash va to‘ldirishni o‘rganib bajarish. Gidroyuritmali va pnevmoyuritmali tormoz tizimlarini qismlarga ajratib yig‘ish va sinash.
|
12
|
A
|
4
|
10.
|
Sinov.
|
O‘quvchilarni dastur asosida amaliyotni bajarishni nazorat qilish. Ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratib berish. O‘quvchilarni yakuniy nazorat sinovini o‘tkazish.
|
6
|
A
|
2
|
|
|
|