Dastur nomi
|
Avtomobillar tuzilishi o‘quv amaliyoti.
|
Ajratilgan soat
|
120
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga «Avtomobillar tuzilishi, avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari» fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Fanni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-avtomobilning tuzilishini o‘rganish;
-avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarishda mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish..
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
O‘quvchi dasturni o‘zlashtirish natijasida avtomobillarning umumiy tuzilishini, avtomobil dvigatellari tuzilishini, servis xizmat ko‘rsatish mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
|
Bilimlar
| |
Ko‘nikmalar
|
avtomobillarni tuzilishini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish;
dvigatellarni mexanizm va tizimlari tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish organlarini tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
barcha turdagi avtomobillarni tavsifnomalarini maxsus ma’lumotnoma asosida tuzib chiqish.
avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
|