Pedagogik innovatsiyaning asosiy tushunchasi
Download 122.76 Kb.
|
INTEGRATSIYALASHGAN 9-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEST SINOV DARSLARI
SINOV DARSLARI
Sinov darsi ma’lum bir bobni o’rganib bo’lgandan so’ng o’tkaziladi. O’quvchi bu darsni o’z iqtidori va malakasiga qarab uni quyidagicha o’tkazishi mumkin: a) og`zaki yoki yozma savol-javob; b) didaktik kartochkalar; v) o’zaro nazorat varag`i; g) testlar; maxsus EHM nazorat dasturlari. Biz quyida o’zaro nazorat varag`i hamda mahsus EHM nazorat dasturlari yordamida o’tkaziladigan sinov darslariga to’xtalamiz. Sinov darslarni EHM nazorat dasturi orqali o’tkazgan o’qituvchi maxsus bob bo’yicha savollar tuzib uni EHM xotirasiga yozib qo’yadi. EHM variantlar tuzib, o’quvchilarning bilimini shu variantlar asosida tekshiradi. O’quvchilarning javobini EHM tahlil qilib, baho mezoniga muvofiq, haqqoniy baholaydi.
O’quvchilar bu savollarga o’z bilim zahiralariga tayanib javob beradilar. Agar o’quvchi savolga javob bera olmasa, unda EHM displeyida «Yana bir urinib ko’ring» degan yozuv paydo bo’ladi. Ikkinchi marta ham savolga to’g`ri javob berilmasa, unda displeyda «Javob noto’g`ri» degan yozuv va savolning javobi ko’rinadi. O’quvchi shu javobni o’qib, o’z kamchiligini anglashi mumkin. Shuni qayd etish lozimki, EHM o’quvchining har bir xatosini hisobga olib boradi va baholaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning EHM bilan muloqoti ularning darsga, fanga va tahsilga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi. Sinov darslari nazorat varag`i yordamida o’tkazilganda, o’qituvchi ma’lum bir bob bo’yicha savollar tuzib, mazkur bobni o’rganishdan oldin o’quvchilarga tarqatadi. TEST SINOV DARSLARI O’qituvchi o’quvchilarga 2 xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bunda test materiallari variantlar bo’yicha sinf o’quvchilariga teng yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bir xil variantdagi o’quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o’quvchilarni nazorat qilishni 2 ta a’lochi o’quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O’z-o’zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar 2 ta o’quvchi tomonidan o’qib beriladi. Guruhdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o’z-o’zini boshqarishi va natijalarni baholashga 10-15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilarni 100 foiz baholashga erishiladi. Download 122.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling