Pedagogik innovatsiyaning asosiy tushunchasi


Download 122.76 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi122.76 Kb.
#1544554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
INTEGRATSIYALASHGAN 9-12

KONFERENSIYA DARSLARI
Didaktik o’yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy va ilmiy­ ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’qituvchi konferensiya darsini o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Mazkur dars o’tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning ixtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag`batlantirish va muloqot madaniyati, o’quvchilarning darsga qizg`in ishtiroki muhim omil sanaladi.

Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzuci yuzacidan tayyorlangan ma’ruzalarni ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
III. Ma’ruza muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Darsni umumiy yakunlash.
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati faollashuvi bilan ko’zga tashlanadi.
SEMINAR DARSLARI
Seminar darslari o’quvchilar o’quv materialini o’qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o’rganadilar. Bunday darslar o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi, o’quvchilarning seminar mashg`ulotlariga tayyorgarligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi.

Seminar mashg`ulotini o’tkazishda ikki xil yondashish mavjud. Birinchi xil yondashish-ma’ruza seminar tizimidagi ta’lim jarayonidir. Bunda o’qituvchi o’quv materialini turli ko’rgazmali vositalardan foydalangan xolda ma’ruza shaklida bayon qiladi. Shundan so’ng, o’quvchilar seminar rejasiga asoslanib, o’quv materialini qayta ishlab chiqadi va seminar mashg`ulotida muhokama qiladilar. Bu xildagi yondoshuvni mavzu atamalarga boy bo’lgan paytda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi xildagi yondoshuvda seminar darslaridan mustaqil ish shaklida foydalaniladi, ya’ni o’quvchilar hali o’zlariga noma’lum bo’lgan o’quv materiali asosida mustaqil tayyorgarlik ko’radilar.

Bunday yondoshuv o’quv materiali o’quvchilar uchun oson, mustaqil o’zlashtirish imkoniyati bo’lganda qo’llaniladi. Bunday seminar darsning didaktik vazifasi o’quvchilarning yangi mavzu materialini o’zlaridagi mujassam bo’lgan bilimlar asosida o’zlashtirishga erishishdir. 

Seminar darslariga hamma o’quvchilar yetarli tayyorgarlik ko’rib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, bahs va munozarada faol ishtirok etgandagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. 

Buning uchun fan xonalarida «Seminar mashg`ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko’rish burchagi»ni tashkil etish lozim. Bu burchakda seminar mavzusiga oid qo’shimcha ilmiy ommabop maqolalar, qo’llanmalar qo’yiladi va ular vaqti-vaqti bilan seminar mashg`ulotlari mavzusiga bog`liq holda yangilanib, almashtirilib boriladi.

Bu burchakdagi «ko’rsatmalar» bo’limida seminar darsning maqsadi mavzusi o’quvchilar uchun tabaqalashtirilgan yangi dastur materiali asosida hamma o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan savol-topshiriqlar bilan birga o’z bilimlarini mustaqil kengaytirmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun qo’shimcha savollar ham beriladi. Biz quyida ana shunday ko’rsatmadan namuna keltiramiz.

O’quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.


1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o’qib chiqishi.
2. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o’z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.
3. Seminar topshirig`i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o’qiganlarini idrok etishi, mag`zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.
4. O’quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo’lishiga erishish.
5. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini yozishi.

Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin.


1. O’qituvchining kirish so’zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar bayon etiladi.
2. Seminar savollariga binoan o’quvchilarning javoblari tinglanadi.
3. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.
4. Seminar mashg`ulotlarini yakunlash unda o’quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.

Download 122.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling