Pedagogik kasbi va unga qo’yiladigan talablar. Reja: - Pedagogik kasbining psixologik xususiyatlari.
- Pedagog shaxai va unga qo’yiladigan talablar.
- Hozir kunda pedagoglarning hayotimizda tutgan o’rni.
Pedagogik kasbining psixologik xususiyatlari. Pedagog kasbi o’z ichiga o’quvchining boka shaxsi va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini qamrab oladi. Pedagogik faoliyati ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo’nalganlik, peredmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko’ra, pedagogik faoliyatining muhim jihati - bu uning mahsuldorligi. Pedagogik kasbi pedagogik kasbdagi turli-tuman xatti harakatlarning umumlashmasidan iborat:persevtiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baxolash va h.k. Ushbu turli tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologik-pedagogik xususiyatlarni belgilab beradi. Tarbiyachi ya’ni pedagog quyidagi xislatlarni ko’rsatib berishi lozim: Tarbiyachi ya’ni pedagog quyidagi xislatlarni ko’rsatib berishi lozim: - Tarbiyachning shaxsiy xislatlari:
-bolalarni yaxshi ko’rish va ularni sevish; -aql-farosatlilik; -uddaburonlik; -o’z bilimini oshirishga intilish; - O’z kasbiga xos xislatlari:
-o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi; -pedagogik fantaziya(hayol)ning rivojlanishi; -pedagogik takt; - Tashkilotchilik malakalari:
-bolalar jamoasini uyushtira bilishi; -amaliy masalalarni hal etishda o’zining bilim va tajribalarini mahorat bilan tezda qo’llay olishi; Pedagog shaxsi va unga qo’yiladigan talablar. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida tarbiyachining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagijavobgarligi yanada ortib boraveradi. Pedagogga qo’yiladigan asosiy, bosh va o’zgarmas talablar bolalarga bo’lgan mehr, pedagogik faoliyat o’zi ishlaydigan soha bo’yicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intiutsiya, yuqori saviyada rivojlangan taffakurga, chuaur bilimga,madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo’lish, bolalarni o’qitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisz muvaffaqiyat bilan pedagog ish olib borishi mumkin emas. Jamiyatning pedagogga qo’yadigan asosiy talablari quyidagicha: Jamiyatning pedagogga qo’yadigan asosiy talablari quyidagicha: -shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamdaumuminsoniy boyliklarning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi; -keng bilim saviyasiga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; -o’z ishiga ijodiy yodashiahi; -pedagogik texnikani(mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va oedagogik taktga ega bo’lishi; Foydalanilgan adabiyotlar: Saidahmedov N.Pedagogik mahorat va pedagogik texnalogiya. -T.:OPI 2003 Sultonova G.A.Pedagogik mahorat.-T.:Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. Markova A.K. Psixologiya professionalizma. -M.:Znaniye, 1996. Muslimov N.A. Bo’lajak kasb ta’limi pedagoglarini kasbiy shakllantirish/ Monografiya.- T.: Fan, 2004 Muslimov N.A.Kasbta’limi pedagoglarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnalogiyas. -T.: “Fan va texnalogiya” nashriyoti, 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |