Педагогик компетентлик


Oliy ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana04.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1672776
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Oliy ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati.  
O‘quv ishlari (darsda va auditoriyadan tashqarida) – ma’ruza, 
seminar, amaliy va laboratoriya ishlari; auditoriyadan tashqari – 
konsultatsiya, reyting baholash, imtihon, kurs ishlari, malakaviy ishlarni 
tekshirish va rahbarlik qilish, amaliyotni tashkil etish hamda nazorat 
ishlarini baholash.
Noo‘quv ishlari: 
a) o‘quv-uslubiy ishlar; 
b) ilmiy-tadqiqot ishlari; 
v) tarbiyaviy ishlar; 
g) tashkiliy-uslubiy ishlar. 
O‘quv-uslubiy ishlar. Ma’ruzaga tayyorgarlik, amaliyot, o‘quv-
uslubiy, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ma’ruza mazmuni, amaliyot, 
seminarlarni ishlab chiqish, testlar, vazifa, nazorat ishlarini ishlab chiqish, 
imtihon savollarini tuzish, elektron o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarini 
yaratish, yangi o‘quv qo‘llanmalarini yozish va chop etish, metodik 
adabiyotlarni qayta chop etishga tayyorgarlik, muharrariyat ishlari, o‘quv 
jarayonlari uchun multimediya va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash
talabalarning bilimlari yuzasidan reyting nazorati o‘tkazish, ochiq 
darslarda qatnashish va o‘tkazish, fakultet, oliy maktab, metodologik 
komissiya ishlarida va pedagogik kengashlarda qatnashish. 
O‘qituvchining ilmiy-tadqiqot ishlari. Rejalashtirilgan davlat va 
nodavlat ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, ilmiy konferensiyalarda 
qatnashish, ilmiy maqola va monografiyalarni yozish, xalqaro va 
mamlakat tarmoqlari bo‘yicha grant va loyihalash ishlarida qatnashish, 
doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash, opponent va taqrizchi sifatida 
qatnashish, ilmiy to‘plam va hisobotlarni tahrir qilish, talabalar, magistr va 
ilmiy xodimlarning to‘garaklari yoki muammoli guruhiga rahbarlik qilish, 
tajriba maydonlarida rahbarlik qilish, tabalarni olimpiada, ko‘rik-tanlovlar, 
ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarda qatnashish uchun tayyorlash. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling