Педагогик компетентлик
O‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyati
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
O‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyati. Talabalar o‘quv faoliyatini
tashkil etish, o‘zining o‘qituvchilik va tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish, talabalar bilan ishlashda kasbga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etish va boshqalar. O‘qituvchining tahliliy bilishi. Talabalarni o‘qitish va tarbiyalash natijalarini tahlil qilish, kasbiy pedagogik faoliyatidagi nuqsonlar va yutuqlar yuzaga kelish sabablari hamda o‘qituvchilarning tajribalarini tahlil qilish. Ta’lim-tarbiyada qo‘llanilgan samrador metod, usul va o‘qitish manbalarini tahlil qilish va boshqalar. Biz tilga olgan oliy ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar ichida uning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish va davlat standartlari talablariga javob bera olish masalasi ham eng muhim vazifa hisoblanadi. 72 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida olib borilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq, respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari belgilangan. 18 Oliy ta’lim pedagog kadrlariga qo‘yiladigan talablar Oliy ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi 3-ilovada keltirilgan. Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi magistr darajasidan past bo‘lmagan oliy ma’lumotga (diplomli mutaxassis) ega bo‘lishi, ilmiy- tadqiqot faoliyatini olib borishi, quyidagilarni bilishi va ijodiy qo‘llanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling