Педагогик компетентлик


Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana04.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1672776
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

1.5. Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Ta’lim-tarbiya sohasining demokratlashuvi o‘quv yurtlarida turli 
model-andozalarni qo‘llash talabalar individual jihatlarini inobatga olgan 
holda o‘quv jarayonlarini tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturida ko‘zda tutilgan va tatbiq etilayotgan me’yorlar 
esa o‘qituvchi va murabbiylarni ijodiy izlanishga, o‘z o‘quv kurslarini 
tashkil etishga, yangi innovatsion ishlanmalar yaratishga va keng 
qo‘llashga safarbar qilmoqda. Natijada bu sohada o‘qituvchilarni 
professional tayyorlashning turli modellari va andozalarini tatbiq etish 
sharoitlari yuzaga keldi.
O‘qituvchilarni professional tayyorlashning didaktik modeli (ta’lim-
tarbiya andozasi) asosan ikki jihatni o‘zida jamlagan: birinchisi
o‘zgarmas umumiy asos (barcha modellar uchun tatbiq etiluvchi didaktik 
jihat); 
ikkinchisi esa, o‘zgaruvchan muhitdan iboratdir.
Umumiy didaktik model ta’lim tizimining asosini tashkil etib, 
sohaning maqsadiga itoat qiladi. O‘zgarmas model esa asosan fundamental 
ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchilar tayyorlashning umummilliy 
asoslari jamlangan bo‘lib, ma’lum bir qolipda butun jamiyat manfaatlariga 
xizmat qiladi.


35 
O‘zgarmas tizimning bosh bo‘lagi texnologik tayyorgarlik sanaladi 
hamda o‘quv va ta’lim yo‘nalishiga qarab moslashtiriladi. Bugungi kunda 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini uch guruhga bo‘lish nazarda tutiladi: 
bular umumiy ta’lim, innovatsion va maxsus ta’lim maktablaridir. 
Yangi avlod o‘qituvchilarini tayyorlashning asosi, bizningcha, oliy 
pedagogik ta’limning fundamentallashuvi va o‘zgarib borishida ko‘zga 
tashlanadi. Jumladan, ijtimoiylashtirish, tabaqalarga bo‘lib o‘rgatish va 
innovatsion-pedagogik texnologiya larni ishlab chiqish hamda ularni 
hayotga keng tatbiq qilish ana shular jumlasidandir.
Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim tizimining o‘ziga xos asosiy 
xususiyati uning uzluksizligi va davomiyligidir. Bakalavr, magistr, 
mutaxassis kabilar shular sirasiga kiradi. O‘qitishning yangi shakllari 
eksterant, distatsion — ya’ni, masofadan turib ta’lim olish, internet-ta’lim 
va shu bilan birga, yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatlarga mos turli 
ko‘nikma, bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlash zarurati 
har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Ana shunday 
o‘qituvchilar tayyorlash modeli zamon va ijtimoiy hayot talablariga mos 
mutaxassislar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratlarini oshirishni 
ko‘zda tutadi. 
Universitetlar, gimnaziya, ma’lum predmetlarni chuqur o‘rgatishga 
mo‘ljallangan maktablar va ixtisoslashtirilgan guruhlarga o‘qituvchilar 
tayyorlashni nazarda tutgan holda faoliyat yurgazishlari lozim.
Pedagogik universitetlar esa umumta’limning barcha maktablari 
uchun, birinchi navbatda, metodik va psixologik-pedagogik tartiblarni 
nazarda tutgan holda mutaxassislar tayyorlashlari darkor.
Texnik (tarmoq) oliy o‘quv yurtlari esa litsey va kollejlar uchun, 
ma’lum ixtisosliklarni nazarda tutgan holda o‘qituvchilar tayyorlashlari 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida taklif qilingan modellarning eng muhim jihatlari turli ta’lim 
muassasalari talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlash va 
ularning malakasini oshirishdan iboratdir.
Fanning tezkor suratlarda rivojlanishi bilan jamiyat buyurtmalari 
o‘rtasidagi nomutanosiblik, o‘qituvchilar tayyorlashga qo‘yilayotgan 
talablarning yanada o‘sishi, bu sohada quyidagi asosiy shartlarni 


36 
ko‘ndalang qo‘yadi: bunda zamonaviy ta’lim tajribalaridan kelib chiqib, 
o‘qituvchilar tayyorlashning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan model 
tavsiya etiladi, bu ishga turli sohalarga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv 
muassasalari jalb qilinadi. 
Davlat tomonidan tavsiya etilgan umumiy ta’lim modelining 
instrumental qismi, ya’ni qo‘llanmalar tayyorlash bo‘limi alohida qayta 
tashkil etishga molik. Chunki o‘qituvchining bugungi kun talab 
darajasidagi tayyorgarligi masalasi shunga bog‘liqdir. O‘qituvchi 
faoliyatining ilmiy-metodik ehtiyojlari turli yo‘nalish va sohalaridagi 
ta’lim maskanlariga moslashtiriladi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimida qo‘llanib kelinayotgan mavjud model 
qolipi barcha uchun umumiy hisoblanadi. Uning talablari omma uchun 
tushunarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Qo‘llashda esa aniq reja va maqsadlar 
belgilab olinadi. Umumiy model qolipi bilan cheklanib qolmay, balki 
instrumental-model andozasini ishlab chiqish zamon talabidir. Bu yangi 
model tizimida o‘qituvchi-murabbiyning vazifalari, kompetentligi, ilmiy 
tadqiqotlar, ilmiy-nazariy metodlar, ijtimoiy-pedagogik, madaniy-ma’rifiy 
masalalar, tashkiliy, boshqaruv va taraqqiy etishni yo‘naltirish masalalari 
o‘z aksini topishi lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling