Педагогик компетентлик


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana04.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1672776
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Kommunikativ 
kompetensiya 
– 
o‘qituvchidan 
to‘laqonli 
muloqotchanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda talaba va jamoa 
a’zolari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. 
Ta’limiy mazmundan, vaziyatdan, holatdan kelib chiqib, har qanday 
o‘qituvchining maqsadi auditoriyada “Rivojlantiruvchi muhitni” 
yaratishdan iborat. Ya’ni: 
- talabalarga faoliyatga undovchi motivatsiya berish; 
- talabalarni mustaqil ishlatish, o‘quv faoliyatiga undash orqali 
tushuncha va tasavvur va ko‘nikmalarni shakllantirish. Kerakli 
ma’lumotlarni qidirish, o‘z faoliyati loyihasi va uning amaliyotga tatbiq 
etish, ish maqsadini anglash va natijaga ma’suliyat bilan yondashish; 
- talabalar tomonidan mavzuni, maqsad, vazifalarini murak kablik 
darajasini, shakl va usullarni mustaqil ravishda tanlash; 


30 
- talabalarni loyiha ustida guruhlarda ishlashga o‘rgatish mavzu va 
muammolarni aniqlash, vazifalarni taqsimlash, rejalash tirish, bahs-
munozara natijalarini muhokama qilish va baholash. 
- talabalarni turli xil shakldagi munozaralardagi ishtiroki.
- talabalarda o‘z harakatlarini tartibga solishni shakllanti rish. 
- baholash tizimi orqali talabalar o‘z bo‘lg‘usi natijalarini 
takomillashtirish, o‘z darajalariga va natijalariga baho berib, ularni yanada 
takomillashuviga erishish. 
O‘qituvchilarda “Rivojlantiruvchi muhit”ni yaratishga yo‘nalti rilgan 
harakatlar imkoniyatlari. 
1. Mustaqil ravishda biror narsa qilmoqchi bo‘lganlarning harakatini 
rag‘batlantirish. 
2. Qo‘yilgan maqsadga yetmoqchi bo‘lgan talabalar yutuqlarini 
namoyish etish va ularning yutuqlari bilan qiziqish. 
3. Aniq qo‘yilgan, mukammal lekin amalga oshirilishi mumkin 
bo‘lgan maqsadlarga undash. 
4. Atrofdagilarning qarashlariga nisbatan o‘z qarashlarini ifodalashga 
o‘rgatish. 
5. Boshqacha xulq va fikrlash usullariga undash. 
6. Talabalarni turli xil rivojlantiruvchi faoliyatga o‘rgatib borish. 
7. Turli motivatsiya shakllarini yaratish va talabalar faoliyati ni yanada 
faollashtirish. 
8. Madaniy namunasi va tushunchasi negizi asosida o‘z dunyosini 
tasvirlash. 
9. Shaxsiy tasavvurlari asosida yangi faoliyat sharoitlarini yaratish. 
10. Muammolarni hal qilishni o‘z tushunchasi bo‘yicha qo‘rqmas dan 
bayon qilishga o‘rgatish. 
11. Savol berishga va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish. 
12. O‘zgalarni tinglash, ular fikrini tushunish lekin ular bilan 
kelishuvchanlik qoidasiga amal qilish. 
13. Qiziqishi va qobiliyati yuqori va o‘zgacha bo‘lgan talabalar ni 
tushunishga o‘rgatish. 
14. Muhokama qilinayotgan muammoga o‘z nuqtai nazarini bildi rish 
va guruhda o‘z o‘rni bo‘lishiga o‘rgatish. 


31 
15. Talabalarga ish natijalarining baholarini to‘liq tushunar li yetkazib 
berish. 
16. O‘z faoliyatini va uning natijalarini aniq manbalar asosida o‘zini-
o‘zi baholashga o‘rgatish. 
17. Agar talabalar xato qilsalar ularni qo‘llab-quvvatlash va xatolarini 
tuzatishlariga yordam berish. 
18. Talabalarga qanday qilib mustaqil o‘qish mumkinligini ko‘rsatish 
va yangicha narsalarni o‘ylab topish. 
19. Talabalarga “Bilmayman”, “Bajara olmayman”, “Tushuna 
olmayman” tushunchalari uyat emasligi, ularning o‘rniga esa, dastlab, 
“Bilaman”, “Bajara olaman” va “Tushuna olaman” iboralarini tushuntirish.
20. Talabalar o‘z tengdoshlari bilan muhokama qilinayotgan mavzu va 
muammolarni, o‘z fikri va kechinmalarini o‘rtoqlashish lari yoki fikr 
almashishlariga imkoniyat yaratish.
21. Yakuniy va ijobiy natijalarga erishish uchun talabalarga 
mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga o‘rgatish. 
Zamonaviy o‘qituvchining asosiy kompetensiyasi: 
1. O‘z “ta’limiy kamchiliklari”ni mustaqil tuzatib, talabalar bilan birga 
o‘qishni bilish. 
2. Talabalarni mustaqil faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishni 
bilish. 
3. O‘quv jarayonini sahnalashtirish bunda turli xil faoliyat usullaridan 
foydalanish, ularga talabalarning moyilligi va qiziqishiga qarab ishlarni 
taqsimlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. Tadqiqotchilik tafakkuriga, talabalarda tadqiqotchilik ko‘ nikmasini 
tashkil etishni bilishi kerak. 
5. Talabalarni yutuq va rivojlanishlarini baholash tizimi dan 
foydalanish. 
6. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ni 
bilish. 
7. Dars jarayonida suhbat va bahs-munozara olib borish, talabalar 
o‘zlari hoxlab aytmoqchi bo‘lgan fikr, qarash va munosabatlarini bayon 
eta olishlariga yo‘naltirilgan muhit yaratish. Nafaqat talabalar bir-birlari 


32 
bilan balki, o‘qituvchi bilan ham shaxsiy qarash va munosabat, tanqidlarni 
tahlil qilishlari kerak. 
O‘qituvchining tayanch pedagogik kompetensiyasi yuzasidan 
Rossiyada kasbiy standart talablari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular: 
• ijtimoiy-shaxsiy kompetensiya; 
• pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarini amalga oshirish; 
• o‘quv faoliyati motivatsiyasi; 
• informatsion kompetensiya; 
• pedagogik dasturlarini ishlab chiqish va qaror qabul qilish; 
• o‘quv faoliyatini tashkil etish. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy 
kompetensiyasi tizimi uchun tayanch hisoblangan bir necha turini tilga 
olishimiz mumkin.
1. Aksiologik kompetensiya (rivojlanish va takomillashuv) – shaxs 
qadriyatlari, individligi, kasbiy pedagogik faoliyat maqsadlarini chuqur 
anglashi, kasbiy etik madaniyatga ega bo‘lishi, o‘z kasbini yashashdan 
maqsadi deb bilishi, talabalarni o‘qitish jarayonlarini ijtimiy-madaniy 
qadriyatlarni kashf etish deya bilishi, pedagogik fanlarning insopparvarlik 
funksiyalarini chuqur idrok qilishi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling