71
Diagnostik bilim. Talabalarning bilim, ko‘nikma, tajriba va
kompetensiyasi
tizimida dastlabki, o‘rta va yakuniy darajasini aniqlab
berish, talabalar guruhida pedagogik
vaziyatlarni aniqlash, talabaning
umumadaniy va tarbiya darajasini aniqlash va boshqalar.
O‘qituvchining prognostik bilishi. Oldindan
aytib berishi, talabalar
o‘qishi va kasbiy tarbiya natijalarini
oldindan aytib berish, biron-bir
pedagogik
vazifani aniq belgilab olib, uni yechish shakllarini aniqlash,
talabalar uchun o‘quv-metodologik (tarbiyaviy)
ishlarning rejalarini tuzib
olish, o‘quv jarayonida talabalar uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar va
xatolarni oldindan bilish va boshqalar.
O‘qituvchining konstruktiv bilishi. Ta’lim jarayonlarini ilmiy
asosda qurish,
tashkil etish, samarador o‘quv va kasbiy tarbiya
texnologiyalari, metodlari, shakllari, usullari va vositalirini tanlash hamda
qo‘llash, o‘quv-amaliy ishlarini tashkil qilish va boshqarish, talabalarning
o‘qishi va ijodiy ishlarini faollashtirish va boshqalar.
O‘qituvchining kommunikativligi. Talabalar
bilan maqsadga
muvofiq munosabatlar o‘rnatish, ular bilan munosabatlarda individual va
o‘ziga
xos yondoshuvlarni topish, dars davomida ijobiy-ruhiy muhitni
tashkil qilish, talabalar hulq-atvorini boshqara bilish, o‘zini hayolan talaba
o‘rniga qo‘yib ko‘ra bilish, talabalarni ezgu ishlarga qiziqtirish, pedagogik
texnologiyalarning eng yaxshi shakllarini izlab topish.
Do'stlaringiz bilan baham: