Педагогик компетентлик


 Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana04.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1672776
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

3.4. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimi normativ hujjatlari 
 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimi normativ hujjatlariga hozirgi vaqtdagi pedagog kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablari, pedagog 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi 
tegishli nizomlar, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari, o‘quv fanlarining 
namunaviy dasturlari, shuningdek belgilangan tartibda ta’lim sohasidagi 
davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlana 
digan boshqa normativ hujjatlar kiradi: 


75 
1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
sifatini baholash.
2. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini 
nazorat qilish. 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini 
nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 
ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ichki nazorat. Ichki 
nazorat tegishli ta’lim turini boshqarish davlat vakolatli organi tomonidan 
tasdiqlangan nizomlar asosida o‘tkaziladi;
- fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni hamda malaka oshirish va 
qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirishga davlat talablariga muvofiq malaka 
oshirish tizimi tinglovchilari uchun — malakani himoya qilish ishlarini 
hamda qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun — kurslarni tugatish 
ishlarini o‘z ichiga oladigan yakuniy nazorat; 
- ta’limni boshqarish vakolatli organi va kadrlar buyurtmachi lari 
tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat. 
Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi: 
Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi qayta tayyorlash 
va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan 
o‘tkazish va akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga 
solinadi hamda Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat 
qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling