58
Oliy ta’lim o‘qituvchisining
amaliy tayyorgarligi, uning darslar
bo‘yicha bilish va tashkil etish qobiliyatlari bilangina o‘lchanmaydi, u ham
bir qator metodologik-texnologik va boshqa
faoliyat turlarida namoyon
bo‘ladi.
Faollashtirish. Insondagi bilim, ko‘nikma, mahorat, tajriba, hulq-
atfor, his-hayajon va boshqa sifatlarini potensial-faol harakatga aylantirish
demakdir.
Didaktika. Ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslaridan biri bo‘lib,
pedagogikaning bir qismidir.
Pedagogninning tashkilotchilik faoliyati. Talabalarni faoliyatning
turli sohalariga va jamoa
faoliyatini tashkil qilish, ularni tarbiyaning
ob’ektidan sub’ektiga aylantirish vositasidir.
Tashkilotchilik ayniqsa
tarbiyaviy ishlarda samarali hisoblanadi.
Interpretizatsiya – taqdim etish, nimanidir uqtirish.
Adaptatsiya – moslashuv.
Safarbarlikni bilish – talabalarning diqqatini tortuvchi,
ularda
o‘qishga, mehnatga va boshqa faoliyat turlariga qat’iy qiziqish
uyg‘otuvchi, darslarga nisbatan ishtiyoq va o‘quv ishlari bo‘yicha
ko‘nikma bilan, o‘quv ishlari ilmiy asoslari bilan qurollantiruvchi, bilimlar
va hayotiy tajribalarni dolzarblashtiruvchi, atrof-muhitga nisbatan mustaqil
va
ijodiy
munosabatda
bo‘lishni
shakllantiruvchi, talaba va
tarbiyalanuvchilar
uchun
odob-axloqni
yuksaltiradigan
vaziyatlar
tug‘diradigan, baholash va jazolashning maqbul metodlarini qo‘llovchi,
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlikdagi
faoliyat yurgazish muhitini
yaratuvchi xususiyatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: