Педагогик компетентлик
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
3.4. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimi normativ hujjatlari Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi normativ hujjatlariga hozirgi vaqtdagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi tegishli nizomlar, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari, o‘quv fanlarining namunaviy dasturlari, shuningdek belgilangan tartibda ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlana digan boshqa normativ hujjatlar kiradi: 75 1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini baholash. 2. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: - kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ichki nazorat. Ichki nazorat tegishli ta’lim turini boshqarish davlat vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida o‘tkaziladi; - fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablariga muvofiq malaka oshirish tizimi tinglovchilari uchun — malakani himoya qilish ishlarini hamda qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun — kurslarni tugatish ishlarini o‘z ichiga oladigan yakuniy nazorat; - ta’limni boshqarish vakolatli organi va kadrlar buyurtmachi lari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat. Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi: Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi hamda Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling