Педагогик компетентлик


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1060945
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

 
 
 
 
 
 


76 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA
 
 AQSh, Yevropa mamlakatlari va Rossiyada pedagogik kasbiy 
kompetensiya muammolari bo‘yicha chorak asrdan buyon ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borilayotganligi, ammo bu masalalarda aniq bir to‘xtamga 
kelinmaganligi ko‘zga tashlandi.
Agar biz AQSh oliy pedagogik ta’limi tizimi faoliyatiga nazar 
tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, T.N.Kurilova, Z.A.Molkova va 
boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSh pedagogik ta’limining 
maqsadlari haqida bilmoqchi bo‘lsak, N.D.Nikandorova, V.Ya.Pili 
povskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik ta’limi bo‘yicha 
G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko va boshqalarning ishlarini, 
AQSh o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi haqida esa V.B.Gargay, 
N.I.Kustinova va boshqalarning ishlariga nazar tashlasak, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning ilmiy 
ishlaridan Rossiya va AQSh ta’lim tizimi bir-birini to‘ldirib boyitganligini 
tasavvur qilishimiz mumkin. AQSh, Kanada, Avstraliya va bir qator 


77 
Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi 
yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu muammoni ma’lum bir tizimga 
solib keng o‘rganmoqdalar.
A.V.Xutorskiy “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari ni 
quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya – 
insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat 
usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan 
shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. 
Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini 
bildiruvchi, talabga javob beradi gan kompetensiyalar yig‘indisiga ega 
bo‘lishi demakdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning 
jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’lim-
tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anlab olish 
zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy 
kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki 
an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda 
kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali 
yechilmagan masalalar talaygina.
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va 
garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy 
masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni o‘qitishni tarbiya bilan 
uyg‘unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim 
jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni 
tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi 
ko‘zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali 
pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish 
joiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan. 
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy 
kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga 
amaliy 
tayyorgarliklar 
uzviyligi 
ko‘zga 
tashlanadi. 
Bo‘lg‘usi 
o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va 
metodlarda bo‘lmasin, quyidagi didiktik prinsiplarga asoslanadi. 
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi prinsipi.


78 
2. Kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib 
borish prinsipi.
3. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan funksional bog‘liqlik prinsipi. 
4. Talabalar amaliyotining ko‘rgazmaliligi prinsipi.
5. O‘z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat 
yurgazishga intilish va mas’uliyat hissining shakllanishi. 
6. Talaba amaliy o‘quvining takomillashib borishi prinsipi.
Bu prinsiplarning barchasi kelajakda o‘qituvchi kasbiy kompe 
tensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy funksional, pedagogik-psixo logik 
takomillashuvi aspektlaridan hisoblanadi. 
Uslubiy qo‘llanmada o‘zimiz aniqlagan va tahlil qilgan kasbiy 
kompetensiyaning boshqa pedagogik sifatlar bilan solishtirish orqali 
o‘qituvchi pedagogik faoliyati zinapoyasidagi o‘rnini aniqlashga xarakat 
qildik. Biz uni “Uztoz pedagog” modeli diagrammasida, ”Kasbiy 
kompetensiya 
takomillashuvi 
aspektlari” 
deb 
nomlangan 
professiogrammalarda sanab o‘tdik. Asosan shu ikki ko‘rgazmali manbaa 
bizning ilmiy tahlillarimizni aniqlashtirish imkonini beradi. 
Uslubiy 
qo‘llanmada 
kasbiy 
kompetensiya 
egasi 
bo‘lgan 
o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, kompetentlik mezonlari va o‘lchovlarini 
ishlab chiqish, pedagog kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda 
malakasini oshirish kurslarida samaradorlikni oshirish, “O‘qituvchi kasbiy 
kompetensiyasi asoslari” o‘quv darsligini ishlab chiqish maqsadga 
muvofiq ekanligi hamda ushbu muammolarni hal qilishda, pedagogik 
kasbiy kompetensiya asoslarini yaratishda xorij pedagogikasidan ko‘chirib 
olishning xato ekanligi, mezonlarga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
nuqtai nazaridan yondoshish, milliy an’analar, manaviyat va milliy, davlat 
manfaatlaridan kelib chiqib yondoshish kabi hulosaviy takliflarimizni ham 
kiritdik.
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini takomillash tirish 
orqali pedagogik mahorat, prfessionalizm sifatlariga erishish ta’lim va 
tarbiya ishlarini zamon talabiga ko‘tarishga xizmat qilajagini ta’kidlab 
o‘tdik. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling