Kurs ishining maqsadi. Talabalarga ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini o;lish haqida to’laroq va aniq ma’lumotlar berish. Avvalo, ziddiyat mavjudligini tan olish kerak. Biz odamlar qarama-qarshilikni his qiladigan va tanlangan taktikalariga muvofiq harakat qiladigan vaziyatlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak, lekin bu haqda ochiq gaplashmang. Bunday ziddiyatni tomonlarning birgalikdagi muhokamasisiz hal qilishning iloji yo'q.
Kurs ishining vazifasi. Mojaroni tanib, muzokaralar to'g'risida kelishib olish kerak. Ular ikkalasi ham yuzma-yuz va ikkala tomonni tartibga soluvchi vositachining ishtirokida bo'lishi mumkin. Talabalarni shunday vaziyatlardan odilona chiqa olishini tushuntirish.
Kurs ishining tarkibi. Ushbu kurs ishi mavzu, mundarija, kirish, ikki bob, to’rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib jami 30 sahifadan iborat.
I.BOB. 1.1. Konfliktlarlar yechimida adolatparvarlik mezonlari.
Konfliktlar – tabiiy hayotiy voqelik ekanligini biz endi bilamiz. Bunday bilimlardan so‘ng o‘z hayotimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun bizning mas’uliyatimiz ortadi. Chunki tinchlik va osoyishtalik har doim ham o‘zicha davom etavermaydi. Har bir joyda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlay olish zarur. Konfliktli vaziyatlar esa mana shu osoyishtalik tizimini buzadi.
Ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlikning qo‘llanishiga olib keladi. Biroq, zo‘ravonlik – odatdagi hayotiy voqea emas. Konfliktda zo‘ravonlikning qo‘llanilishi bu ziddiyatning nihoyat darajada eskalatsiya va agressiyaga olib kelish natijasi hisoblanadi. Har qanday konfliktli vaziyatning oldini olsa bo‘ladi. Afsuski, ko‘p hollarda konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati boy beriladi.
Bunday ahvoldan qanday chiqib ketish kerak?!
Bu holda «Adolatparvarlik mezonlari» bizga qo‘l keladi hamda konfliktni zo‘ravonliksiz va kuch ishlatmasdan muvaffaqiyatli hal etishga imkon yaratadi. «Adolatparvarlik mezonlarini» qo‘llash, hech kim mag‘lub emasligini, balki barcha g‘olib bo‘lib qolishini isbotlaydi. Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik mezonlari, ya’ni qoidalari kuyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |