Pedagogik konfliktlarning asosiy manbalari Mundarija: Kirish I bob. Pedagogik konfliktlarni o‘rganishning nazariy asoslari


Download 65.88 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi65.88 Kb.
#1625799
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pedagogik konfliktlarning asosiy manbalari


Pedagogik konfliktlarning asosiy manbalari
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………..
I BOB. PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI…………………………………………………………………………1.1. Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi……………….
1.2. Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida……………………………..
II BOB. PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BOSHQARISH USULLARI
2.1. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarning o‘ziga xos xususiyatlari………...
2.2. Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari……………………..…
2.3. Pedagogik konfliktning vazifani bajarish yo‘llari………………………………
Xulosalar………………………………………………………………………........
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………….

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Farovon hayot - mukammal tarbiyadan boshlanadi. Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. «Tarbiya qancha miikammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi» deb bejizga aytishmagan donishmandlar. Hozirgi qaltis davrda tarbiya mukammal bo‘lishi uchun bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» - deydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1.
Shunday ekan, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid yoshlarni tarbiyalashdagi 5 ta muhim tashabbusi, ilm-fan, texnika va texnologiyalaming tezkor rivojlanishi, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari va fakultetlarining ochilishi, me’yoriy-huquqiy ta’minotni takomillashtirish hamda moddiy-texnik sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlami tarbiyalash bilan bir qatorda pedagogika oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak o‘qituvchilarining tashabbuslarini to‘g‘ri yo‘naltirgan holda, ularda konfliktologik jarayonlarni bartaraf etishda yangi adabiyotlarni joriy etish, rivojlantirish borasida ta’lim tizimiga izchil o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlami tarbiyalash, demokratik islohotlami chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish2» kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqish zaruratini izohlaydi.
Haqiqatan, malakali, har jihatdan yetuk pedagoglarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimining boshqa bosqichlari qatorida oliy ta’lim muassasalari ham alohida o‘rin tutadi. Oliy ta’limni rivojlantirishda ta’limning ilg‘or paradigmalaridan foydalanish istiqboldagi ta’lim samaradorligini belgilab beruvchi muhim hodisa hisoblanadi.
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli munosabatlaming uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir inson o‘zini komil ishonch bilan konfliktli vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o‘z hayoti davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan to‘g‘ri munosabat o‘matish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir.
Mazkur kurs ishida o‘sib kelayotgan yangi avlodni aynan konfliktlar bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, konflikt jarayonlarida o‘zini idora qilish bo‘yicha barcha zarur ilmiy-nazariy va amaliy ma’lumotlarni mujassam ettirishga harakat qildik.

Download 65.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling