Pedagogik konfliktlarning asosiy manbalari Mundarija: Kirish I bob. Pedagogik konfliktlarni o‘rganishning nazariy asoslari
Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Download 65.88 Kb.
|
Pedagogik konfliktlarning asosiy manbalari
2.2. Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. Ular quyidagilar: tarkibiy – tashkiliy usullar va strategik usullardir. O‘z navbatida tarkibiy – tashkiliy usullar to‘rt usuldan iboratdir. Bular O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish; Muvofiqlashtirish va integratsiyalash; Umumtashkiliy kompleks maqsadlar; Rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; Strategik usullar esa o‘z navbatida besh usuldan tashkil topgan bo‘lib bular quyidagilardan iboratdir: Uzoqlashish; Silliqlashish; Majburlash; Kelishuv; Muammoni hal qilish usullaridir. Ta’kidlaganimizdek, pedagog nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat o‘quvchilar xarakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta, bu ham qandaydir anik holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi omillarning faqat bittasidir. Shu sababli, pedagog, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so‘ngra esa u yoki bu usulni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Tarkibiy-tashkiliy usullariga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin. O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir o‘quvchi va guruhlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi: • erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami; • vazifalarni qay tartibda topshiradi va kim uni qabul qiladi; • mas’uliyat, javobgarlik va huquq tizimi; • aniq siyosat, tartib-qoidalar va hokazolar. Pedagog bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir o‘quvchi va guruh qay tarzda yo‘l tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog‘i lozim. Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq zanjiri deb yuritiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi burchlari ierarxiyasini, ya’ni bilim darajasiga ko‘ra darajama-daraja bevosita yordam berish yoki konsultatsiyalar tashkil etish, bilim saviyasini tartibini o‘rnatish o‘quvchilarning o‘zaro xarakatlarini, ta’lim jarayoniga bog‘liq axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi. Agar ikki yoki undan ko‘proq o‘quvchilar o‘rtasida u yoki bu vazifa yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday ixtilofni ularning shu sohadagi o‘qituvchiga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo‘l keladi. Maqsadli guruhlar va yo‘nalishlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta ahamiyatga ega. Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish. Rag‘batlantirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo‘lish hamda o‘quvchilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun rag‘batlantirish tizimi keng qo‘llaniladi. Ta’lim jarayonida erishgan yutuqlari, tashkiliy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan, muammoning yechimiga kompleks yondoshib yon atrofdagilarga yordam ko‘rsatishga harakat qilganlar albatta: • tashakkurnoma; • mukofot; • maqtov yorlig‘i kabilar bilan taqdirlanishlari lozim. Bu o‘rinda faqat rag‘batlantirish emas, balki g‘ayri qonuniy yo‘l tutgan, yoki ta’lim muassasi manfaatiga zid xatti-harakat qilgan o‘qituvchi va o‘qivchilarga tegishli jazolarni belgilash ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidlamoq joizdir. Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum. Uzoqlanish. Malakali va tajribali pedagog janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqganda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning bilim darajalari uzoq bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Download 65.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling