Pedagogik mahorat fani haqida tushunchafanning asosiy vazifasi va tarkibi qisimlari
Download 70.5 Kb.
|
XVI-XVII ASRDA GEOGRAFIYA NAZARYASINING TUG\'ILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagoglar mahoratiga quyilgan talablar. Tayanch tushunchalar
- 6.1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha.
PEDAGOGIK MAHORAT FANI HAQIDA TUSHUNCHAFANNING ASOSIY VAZIFASI VA TARKIBI QISIMLARI Reja: 1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha. 2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. 3. Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari 4. O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagoglar mahoratiga quyilgan talablar. Tayanch tushunchalar: Mahorat, pedagogik mahorat, predmeti, maqsadi va vazifasi, pedagogik mahoratni tarkibiy qismlari, o'qituvchi shaxsi, kasbiy bilimlar, pedagogik mahoratga erishish. 6.1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha. Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o'rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogik mahoratga erishish uchun bo'lajak pedagoglar pedagogika va psixologiya fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o'rganish lozim. Ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to'g'ri tarbiyalash shartidir. Bunda o'qituvchining beg'araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta'minlaydi. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari shart. O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatining yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o'qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishni, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq aniqroq ta'rifi «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan, deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi: «Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchining qiladigan ishi». O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi: 1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 2. O'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim sohibi; 3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ularda o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. O'qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma'naviy sifatlarga ega bo'lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. O'quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan qurollantirish kerak. Shu bilan birga o'qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining rivojlanishiga e'tibor qaratishi lozim. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin. O'qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. Pedagogik mahorat - pedagogik faoliyatni va vaziyatni mohirlik bilan boshqarishdir. Pedagogik mahoratning asosi – pedagogik bilimdonlikdir. «Pedagogik mahorat» fanining maqsadi - mahoratli pedagogni tarbiyalash. O'qituvchining pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig'indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini etkazish imkonini beradi. O'qituvchining ko'p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e'tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma xil faoliyatiga bog'liq: yoshlarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarni tashkil eta bilish hamda o'tkazish va hakozo. Bularning barchasi o'qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo'lishni, o'z sohasini mukammal bilishni, bolalarni sevishni talab etadi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling