Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi


Download 0.94 Mb.
bet57/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda jamoa faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida bu talab­larni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. O‘qituvchi jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi muloqotni jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta baja­rishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari kerak.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi bos­qichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. End­i­likda jamoa ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zo­lari qiziqadi. Jamoa hayotida ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga kela­di. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda o‘qituvchi muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamo­aning birgalikdagi faoliyatini va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yorda­mida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi.
A.S.Makarenko sinf jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi mu­no­sabatlarning ichki xususiyatlariga ulkan ahamiyat bergan va jamo­ada shakllanadigan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko‘rsatgan:
1) O‘z jamoasi bilan g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini ang­lash.
2) Jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik.
3) Tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik.
4) Hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish.
Tajribali pedagog olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan ushbu fikrlar o‘qituvchining sinf jamoasi bilan tashkil etiladigan muloqotida va o‘quv­chilar oldiga qo‘yadigan talablarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshi­rilishi maktabda muayyan tartib o‘rnatilishini ta’minlaydi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling