Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 0.94 Mb.
|
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikativlik
- Kommunikativ qobiliyat
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar, har xil tarqatmalar.
Kichik ma’ruza.Nutq - bu og’zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanad O`qituvchi bоlalarni tarbiyalar ekan, o`zining хulq – atvоri, хatti – harakati va yurish – turishi, хullas, butun o`qituvchilik shaхsi bilan o`quvchilarga namuna bo`lishi lоzim. Kommunikativlik shunday qobiliyatki, bunda o’qituvchi o’quvchilar bilan o’zaro to’g’ri muloqat o’rnatishi natijasida o’quvchilarda o’ziga nisbatan ishonch, xayrihoxlik uyg’otadi. Natijada o’quvchilar o’z o’qituvchisi bilan birga bo’lishga, o’qishga, jamoat ishlarida u bilan birga katnashishga xoziru – nozir bo’lishadi. Kommunikativ qobiliyatlar tashkilotchilik qobiliyatlari bilan birga uyg’unlashib ketsa o’quvchilarga yanada samaralirok ta’sir etishga yordam beradi va o’zaro shaxslararo to’g’ri munosabatlar o’rnatishni ta’min qiladi. O’quvchilarga to’g’ri muomala qila olish, bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. Kommunikativ qobiliyat – bu o’qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan aloqa o’rnata olish faoliyatini tashkil qilishi uchun zarur bo’lgan bilim, malaka, ko’nikma va tajribasidir. o’qituvchining kommunikativ qobiliyati pedagogik faoliyat jarayonida shakllanadi. buning uchun quyidagi asosiy shartlar mavjud:o’quvchilarning yuz ifodasini o’qish va o’qish qobiliyati; o’quvchining tashqi ko’rinishidan uning psixik holatini aniqlagan holda uning adekvat modelini yasab chiqish; o’qituvchi-o’quvchi bilan muloqot va muomala qilishga imkoniyat yarata bilishi kerak. Unga yo’l ochib berishi va yo’l berishi kerak; o’qituvchi o’zini ota – onaning, o’quvchining o’rnida qo’ya bilishi va yuzaga kelgan vaziyatni ijobiy, ziddiyatsiz yechishda ular kabi fikrlay olishi kerak. Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish yo’llari: 1. O’qituvchi jamiyat ko’ygan talablarni amalga oshirishda mas’ul shaxs hisoblanadi. SHuning uchun u o’z faoliyatini, ko’ndalik turmish tarzini, jamiyat qo’ygan g’oya va siyosat asosida ko’radi. 2. Jamiyat oldga qo’ygan g’oya, siyosati va talabi o’qituvchi shaxsining shaxsiy nuqtai nazari va ishonchi sifatida namoyon bo’lishi zarur. U davlatning ishonchli vakili sifatida davlat siyosatining barcha tamoyillariga amal qiladi 3. Har bir o’qituvchi o’z shaxsini tahlil qilishi, o’z kamchiliklarini sezishi, bartaraf qilish yo’llarini izlab, o’z – o’zini hurmat qilib, o’z o’rnini egallab, mavqeini mustaxkamlashga harakat qilmog’i lozim. 4. O’qituvchi o’quvchining har bir ijobiy fazilatini ta’kidlab, ko’pchilik oldida o’quvchi kilgan ishiga munosabatini ta’kidlashi kerak. 5. O’quvchi yo’l qo’ygan xatolarni bartaraf etish, kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida o’quvchini ko’pchilik oldida izza qilmaslik, nafsoniyatiga tegib, shaxsini kamsitmaslik zarur. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling