Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 0.94 Mb.
|
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy ong
- Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi.
- Pedagogik qobiliyat
Pedagogik qobiliyat - bu kasbiy qobiliyat bo’lib, shaxsning pedagogik faoliyatga yarokliligini, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo’lgan sifat va fazilatlarga ega ekanligini anglatadi.
Kоmmunikativ qоbiliyat – bu o`qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan alоqa o`rnata оlish faоliyatini tashkil qilishi uchun zarur bo`lgan bilim, malaka, ko`nikma va tajribasidir. Axloqiy ong – shaxga axlokiy me’yorlar va hulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil kilinuvchi ong shakli. Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Ob’ektiv voqeylik va unda yuz berayotgan hodisa va munosabatlar turli kishilar tomonidan turlicha muloxaza etiladi, fikr va tafakkur qilinadi. Tafakkur iborasi arabcha «fikr» so’zidan kelib chiqib-o’ylash, muxokama, muloxaza va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Turli kishilar turlicha fikr yuritadilar, turlicha tafakkur qiladilar. Ularning tafakkur qilish darajalari ham turlichadir. Kishilarning tafakkur qilish darajalari layoqat, qobiliyat, iste’dod, iqtidor, saloxiyat tushunchalari orqali izoxlanadi. SHaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffakiyatli bajarishidagi o’ziga hos imkoniyatlarini ifodalovchi individual-ruhiy hususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Qobiliyatdagi hususiyatlar tug’ma bo’ladi, uni rivojlantirish yoki so’ndirish shaxsning qo’lidadir. Qobiliyat bu shaxsning biror faoliyatga yarokliligi hamda shu faoliyatni mazmun va mohiyat jixatdan maqsadli, natijali amalga oshirishidir. Kishilar qobiliyatlariga qarab biror kasbni egallaydilar va faoliyat ko’rsatadilar. Pedagogik qobiliyat - bu kasbiy qobiliyat bo’lib, shaxsning pedagogik faoliyatga yarokliligini, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo’lgan sifat va fazilatlarga ega ekanligini anglatadi. Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratning eng muhim, hal kiluvchi bo’lagidir. U pedagogik faoliyat jarayonida hosil bo’ladi, hamda rivojlanadi. Pedagogik qobiliyatlar malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. CHunki, malaka va uddaburonlik mashq qilish va o’qish natijasi bo’lsa, qobiliyatning rivojlanishi uchun yana iste’dod, layoqat, zexn bo’lishi ham juda zarurdir. Pedagogik mahoratni egallab olish o’qituvchida pedagogik qobiliyatning bor yoki yo’qligiga bog’liq. Ilmiy pedagogik psixologik bilimlar soxasida izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan ko’plagan olimlar xozirgi davrda maxsus pedagogik qobiliyatlar va ularni turlarga ajratish (klassifikatsiyalash) bilan shug’ullanishmokda. Bu borada Rus olimlaridan F.N.Gonobolin, N.V.Kuzmina, N.D.Levitovlarni, O’zbekistonlik psixolog – pedagog olimlar – E.Goziyev, M.G.Davletshin, R.Z.Gaynetdinov, A.Jabbarov, M.Kaplanovalarning ilmiy ishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling