Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Mavzu.Pedagogik fikr taraqqiyotida o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari


Download 0.94 Mb.
bet146/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

2.Mavzu.Pedagogik fikr taraqqiyotida o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari.
REJA:
1.O’qituvchining kasbiy mahorati.
2O’qituvchi burch va ma’suliyatlari


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Talabalarda o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari haqida tasavvurlarni boyitish.
O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlarini shakllantirish yo’llarini o‘rganishadi
Ta’lim metodlari:amaliy usullar va interfaol usullar: klaster, aqliy hujum,blits so‘rov, insert va FSMU, BBB texnologiyalari.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar, har xil tarqatmalar.
Kichik ma’ruza:
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – barkamol inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlarning roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va etuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling