“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
94 qonuniyatlari va uni ijro etish texnikasiga urg’u berish muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, sakrash turlariga oʻrgatishda uni ijro etish texnikasiga, hatto, taktikasiga ham jiddiy e’tibor qaratish darkor. Voleybol toʻgaraklari, voleybol klublari va terma jamoalarga muvofiq nomzodlarni tanlov asosida qabul qilishda hamda oʻquv-trenirovka mashg’ulotlarini oʻtkazish davomida mutaxassis-trenerlar sakrash qobiliyati, sakrovchanlik va sakrash chidamliligi kabi jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratishadi. Lekin barcha trenerlar ham ushbu qobiliyat va sifatlarni rivojlantirishda doimo samarali mashqlardan foydalana bermaydi va ularni shakllanish (oʻsish) dinamikasini muvofiq testlar yordamida baholab berishni jiddiy masala sifatida qabul qilinmaydi. Vaholanki, sakrash koʻnikmalariga oʻrgatish, sakrovchanlik va sakrash chidamliligini rivojlantirishda maqsadli mashqlarni tanlash, ushbu sifatlarni rivojlanish dinamikasini muntazam nazorat qilib borish (baholab borish) mazkur jarayonni samarali tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Ana shu dolzarb muammolarni e’tiborga olgan holda biz turli yosh va sport tayyorgarligiga ega voleybolchilar ustida bir qator tadqiqotlar uyushtirdik. Tadqiqotda voleybolga ixtisoslashtirilgan BuxDUda 2 yil davomida shug’ullanib kelayotgan 19-21 yoshli bolalar ishtirok etdi. Maxsus asbob-moslama yordamida joydan vertikal sakrashning quyidagi kinematik elementlari oʻrganildi: - ikki qoʻlning faol harakati asosida sakrash balandligi (klassik variant); - faqat oʻng qoʻlning faol harakati asosida sakrash balandligi (chap qoʻl tanaga bog’lanadi); - faqat chap qoʻlning faol harakati asosida sakrash balandligi (oʻng qoʻl tanaga bog’lanadi); - ikki qoʻlning faol harakatisiz sakrash balandligi (ikkala qoʻl tanaga bog’lanadi); - faqat oʻng oyoq bilan debsinish asosida sakrash balandligi; - faqat chap oyoq bilan debsinish asosida sakrash balandligi. Modifikatsiyalashtirilgan testlar yordamida esa oʻng va chap oyoqda maksimal marta tezkor oʻtirib- turish (oʻng va chap oyoqning portlovchi kuchi) soni aniqlanadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, klassik variantli joydan vertikal sakrash balandligi sakrovchanlikni ta’minlovchi bir qator kinematik elementlarini simmetrik ijro etilishi, oʻng va chap oyoq kuchining (portlovchi kuch) bir xil darajada rivojlanganligi, debsinish - sakrash vaqtida oʻng va chap qoʻlning sinxron ravishda faol harakatlanishiga (ularning inersion harakatiga) uzviy bog’liq ekan. Jumladan, platformada turib, joydan vertikal sakrash balandligi oyoq-gavda-boshni oldinga egish, orqada qoldirilgan qoʻllarni oldinga-yuqoriga bir xil tezlikda siltab harakatlantirish, oyoqlarni optimal burchakda bukish va nihoyat oyoqlarning portlovchi kuchiga asoslanishi aniqlandi. Ana shu kinematik omillarning tadqiqot ishtirokchilarida turlicha “kuchga” ega boʻlganligi, ularda sakrash balandligining katta diapazonda (22 sm.) qayd etilishiga olib keldi (1-jadval). Kinematik omillar (sakrash elementlarining funksional harakati) eng zaif shakllangan tekshiriluvchida sakrash balandligi 31 sm, nisbatan “kuchli” shakllangan tekshiriluvchi esa 53 sm bilan ifodalandi. Oʻrtacha statistik koʻrsatkich (͞χ) 43,6 sm ni tashkil etdi. Minimal va maksimal koʻrsatkichlar farqi (diapazoni) katta boʻlgani sababli oʻrtacha koʻrsatkichning oʻrtacha kvadratik og’ishmasi (ϭ) ham katta miqdor bilan farqlandi (4,32). Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling