“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
96
2. 2020-yilda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligining rivojlanish dinamikasini oʻrganish boʻyicha
oʻtkazilgan tadqiqotlar shundan darak beradi. Ushbu sifatlarni ifodalovchi koʻrsatkichlarning oʻsish
dinamikasi 19-21 yoshli voleybolchilarda oʻta sust oʻsganligi bilan farqlangan boʻlib, (sakrovchanlik 2sm ga,
sakrash chidamkorligi 3,32 martaga), dastur boʻyicha belgilangan me’yoriy talablar darajasiga yetmaganligi
aniqlandi.
3. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini ta’minlovchi, shu bilan bir qatorda, sakrab ijro etiladigan
oʻyin usuliga mos sakrash texnikasining tarkibini belgilovchi asosiy kinematik elementlari birligi hamda uning
integratsion funksiyasiga rioya qilinmasligini isbotlab berdi. Aynan ana shu holat sakrovchanlik va sakrash
chidamkorligini voleybochilar imkoniyatidan past darajada ijro etishga olib keladi – deb xulosa qilishga imkon
beradi.
4. Voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini maqsadli hamda samarali rivojlantirishi
uchun birinchi navbatda sakrab ijro etiladigan oʻyin usuliga mos sakrash texnikasiga oʻrgatish, uni lokal va
integrallashtiruvchi maxsus mashqlar yordamida takomillashtirish darkor.
Mazkur jarayonni maqsadga
muvofiq tashkil qilishda biz shu bobda keltirilgan 1, 2 va 3 blok-andozalardan foydalanishni taklif qilamiz.
Bundan tashqari voleybolga oʻrgatish, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini
rivojlantirish jarayoniga
“sakrash texnikasi va taktikasini”, “sakrash texnikasi va taktikasini ta’minlovchi kinematik elementlar”
tushunchalarini kiritish maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: