“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
-jadval. 19-21 yoshli voleybolchilarda joydan vertikal sakrash balandligi va uni ta’minlovchi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
1-jadval. 19-21 yoshli voleybolchilarda joydan vertikal sakrash balandligi va uni ta’minlovchi
ayrim kinematik omillarining rolini ifodalovchi koʻrsatkichlar (n=16) Vertikal sakrash shartlari Olingan natijalar min – max ͞χ±ϭ Platformada joydan vertikal sakrash (sm) 31 – 53 43,6±4,32 Faqat oʻng qoʻlning faol harakati asosida sakrash (sm) 28 – 47 38,2±3,28 Faqat chap qoʻlning faol harakati asosida sakrash (sm) 25 – 46 38,2±3,28 Ikki qoʻlning faol harakatisiz sakrash (sm) 25 – 46 18,2±3,16 Faqat oʻng oyoqda debsinib sakrash (sm) 27 – 39 32,8±3,74 Faqat chap oyoqda debsinib sakrash (sm) 29 – 43 37,2±3,22 Faqat oʻng qoʻlning faol harakati (inersion harakati) asosida joydan vertikal sakrash balandligi boʻyicha qayd etilgan min koʻrsatkich 28 sm, max koʻrsatkich 47 smni tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichlar oralig’i (diapozoni) 19 sm ga teng boʻldi. Oʻrtacha statistik koʻrsatkich 38,2±3,28 sm. Koʻrinib turibdiki, an’anaviy tartibda aniqlangan joydan vertikal sakrash balandligi 43,6±4,32 sm ga teng boʻlgan boʻlsa, chap qoʻl tanaga bog’langan holda faqat oʻng qoʻlning faol harakati asosida qayd etilgan vertikal sakrash balandligi 38,2±3,28 sm ni tashkil etdi. Demak, sakrash balandligi birgina kinematik omilni “yoʻq” qilinishi bilan 5,2 sm ga kamayib ketdi. Faqat chap qoʻlning faol harakati asosida joydan vertikal sakrash balandligi (oʻng qoʻl tanaga bog’langan) 35,4±4,02 sm ga teng boʻldi. An’anaviy tartibda sakrash balandligidan 12,2 sm ga kam miqdor bilan ifodalandi. https://buxdu.uz “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 95 Faqat oʻng qoʻlning faol harakati asosida qayd etilgan sakrash balandligi chap qoʻl faol harakati bilan bajarilgan sakrash balandligidan 3 sm ga ortiq boʻldi. Demak, ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, sakrash uchun debsinish vaqtida bajariladigan qoʻllarning faol harakatida asimmetrik farq individual koʻrsatkichlarning minimal va maksimal natijalari oʻrtasidagi oraliq diapozonlari bilan ham tasdiqlandi. Chunonchi, oʻng qoʻlning faol harakati asosida kuzatilgan sakrash balandligining min va max koʻrsatkichlari oʻrtasidagi diapozon 19 sm ga, chap qoʻl harakati bilan sakrash koʻrsatkichlari diapozoni 21 sm ni tashkil etdi. Ushbu test natijalari shuni koʻrsatdiki, tadqiqotda ishtirok etgan tekshiriluvchi-voleybolchilarda qoʻllarni bog’lagan holda sakrash balandligining minimal (14 sm) va maksimal (25 sm) koʻrsatkichlari katta diapozon (11 sm) bilan farqlanadi. Ehtimol qilish mumkinki, bunday katta diapozonli farq tadqiqotda ishtirok etgan voleybolchilarda oyoq mushaklari turlicha portlovchi kuchga ega ekanligi bilan asoslanadi. Qoʻllar bog’liq holda sakrash balandligining oʻrtacha koʻrsatkichi 18,2 sm ga teng boʻldi. Demak, qoʻllar yordamisiz sakrash balandligi an’anaviy tartibda sakrash balandligidan (43,6 sm) 25,4 sm kam miqdor bilan farqlandi. Qoʻllar yordamida, lekin oʻng oyoqda alohida, chap oyoqda alohida debsinib sakrash testlari boʻyicha olingan natijalar oyoqlarning portlovchi kuchi assimmetrik xususiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. Jumladan oʻng oyoqda debsinib sakrash balandligi oʻrtacha 32,8±3,74 sm ni tashkil etgan boʻlsa, chap oyoqda debsinib sakrash 37,2±3,22 sm ga teng boʻldi. Koʻrinib turibdiki, joydan vertikal sakrashda oyoqlar sinxron bukilib- yozilgan boʻlsada, chap oyoqning portlovchi kuchi oʻng oyoqnikiga qaraganda kuchliroq ekan. Ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, oʻng va chap oyoqning portlovchi kuchi simmetrik nisbatda yaxshi rivojlangan boʻlganda edi, vertikal sakrash balandligi 43,6 sm emas, balki undanda yuqori boʻlishi aniq edi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling