“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
Tadqiqot maqsadi: xotin qizlarning milliy xususiyatlari va hozirgi davr jismoniy madaniyatini
yuksaltirish. Tadqiqot metodi: adabiy manbalarni tahlil qilish metodi. Asosiy qism. Qadimiy ajdodlar haqidagi afsonalar, har xil manbalar va ilmiy tadqiqotlarning natijalariga asoslanilsa, xotin-qizlar erkaklar va yigitlar bilan ijtimoiy mehnat, ov va turli marosimlarda barobar - teng ishtirok etishgan. “Avesto” , “Alpomish”, “Goʻroʻg’li”, “Toʻmaris”, “Qirq qiz” kabi tarixiy asarlar va xalq og’zaki ijodi qahrmonlarini eslashning oʻzi bunday dalillarni isbotlab beradi. Sharq xalqlarining, ayniqsa, hozirgi Oʻzbekiston hududlarida yashab oʻtgan xalqning ijtimoiy-madaniy turmush madaniyati davirlari osha boyib, rivoj topgan. Bularni Abu Ali Ibin Sino, Forobiy, Al Xorazmiy, Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa juda koʻp mutaffakkir olimlar ulug’ zotlar hayoti hamda ularning qoldirgan ilmiy meroslaridan bilish mumkin. Ularda xotin-qizlar timsoli g’oyat ulug’langan va goʻzalliklari, iffat va axloqlari badiiy jihatdan tavsiflangan. Markaziy Osiyo va hamda ularning madaniyati, ma’rifati chuqur oʻrnashib qolinishi (IX-XIX asr) xotin-qizlarning ishtimoiy-ruhiy holatlari va tashqi kiyinish madaniyatiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Shu asosda ayollarga va, hatto, endi voyaga yetayotgan qizlar ham paranjida yurish madaniyati odat tusiga aylangan. Ularning bir tomonlari hozirgi davrda ham “xijob” shaklida saqlanib, davom etib kelmoqda. Xotin-qizlarning paranjida yurish mahalliy kishilarning xohish vaistaglari asosida xilma-xil mazmunlarni keltirib chiqarganligini ta’kidlash lozim boʻladi. Ya’ni koʻchaga chiqmaslik, ariqdan sakrab oʻtmaslik, hatto yaqin qarindoshlar oldida ham yuzini bekitib soʻrashish va hokaza. Bunday jihatlar arab mamlakatlarida toʻla taqiqlanmagan. Buni “Muhammadin Rasululloh” (1997), “Vijdon”ni boshqa arab kinolarida koʻrish mumkin. “Xijob” va paranjilarda yurgan xotin-qizlarning barchasi ham vijdoni pok halol, eriga toʻla sadoqatli deb boʻlmaydi. Bunday hayotiy voqeliklar haqida “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurhon” va boshqa koʻpgina grammatik asarlarda oʻz ifodasini topgan. Ma’lumki, XIX asrning II yarmida Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni oʻganish maqsadida oʻz vakillari, olimlarni tez-tez yuborib turgan. Ular mahalliy millat madaniyatini tarqata boshlagan. Oqibatda zoʻravonlik bilan Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni oʻzining mustamlakasiga rus-tuzem maktablari, dramatik asarlar, sirk, turli xil tomoshalari bilan mahalliy millat orasiga kirib borgan va oʻz maqsadlari yoʻlida turli madaniy–ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishgan. Bunday jihatlar, ayniqsa, 1917-yildagi oktabr inqilobidan keyin yangi shakl va mazmunda majburan keng tarqaldi. Ularni 1926- https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling