“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
40
Muhokama etilayotgan mazkur ma’lumot, muammo va omillar bitiruv ishi boʻyicha tanlangan mavzuning oʻta
dolzarb amaliy ahamiyatga loyiq ekanligidan dalolat beradi.
Tadqiqot maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida shug’ullanuvchi 19-21 yoshli voleybolchilarda
sakrovchanlikni rivojlantirish dinamikasi ta’minlovchi kinematik omillarni oʻrganish asosida mazkur
qobiliyatni jadal hamda samarali shakllatirish vositalarini aniqlash.
Tadqiqot ishi maqsadiga koʻra quyidagi vazifalar qoʻyilgan:
- yosh voleybolchilarda sakrovchanlik va uni ta’minlovchi kinematik omillarni amaldagi Abalakov usuli
yordamida oʻrganish;
- sakrovchanlikni nazorat qilish va baholash maqsadida ishlab chiqilgan texnologik asbobni sinovdan
oʻtkazish;
- sakrovchanlikni ta’minlovchi kinematik elementlarni shakllantirish boʻyicha ishlab chiqilgan maxsus
mashqlar samaradorligini aniqlash.
Voleybol toʻgaraklari, voleybol klublari va terma jamoalarga muvofiq nomzodlarni tanlov asosida qabul
qilishda hamda oʻquv-trenirovka mashg’ulotlarini oʻtkazish davomida mutaxassis-trenerlar sakrash qobiliyati,
sakrovchanlik va sakrash chidamliligi kabi jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratishadi. Lekin barcha
trenerlar ham ushbu qobiliyat va sifatlarni rivojlantirishda doimo samarali mashqlardan foydalana bermaydi
va ularni shakllanish (oʻsish) dinamikasini muvofiq testlar yordamida baholab berish jiddiy masala sifatida
qabul qilinmaydi. Vaholanki, sakrash koʻnikmalariga oʻrgatish, sakrovchanlik va sakrash chidamliligini
rivojlantirishda maqsadli mashqlarni tanlash, ushbu sifatlarning rivojlanish dinamikasini muntazam nazorat
qilib borish (baholab borish) mazkur jarayonni samarali tashkil qilish imkoniyatini yaratadi.
Ana shu dolzarb muammolarni e’tiborga olgan holda biz turli yosh va sport tayyorgarligiga ega
voleybolchilar ustida bir qator tadqiqotlar uyushtirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |