“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
41 
voleybolchilar uchun nafaqat yuksak sakrovchanlik, balki sakrash chidamkorligi ham oʻta muhim ekanligi 
ayon boʻladi. 
Tadqiqotimizda ishtirok etgan 19-21 yoshli voleybolchilarda sakrash chidamkorligini ifodalovchi 
koʻrsatkich – yuqoriga koʻtarilgan qoʻldan 25 sm balandda osilgan toʻldirma toʻpga maksimal marta sakrash 
soni 6,34±0,44 (2019-yil, sentyabr), 6,88±0,48 (2019-yil, oktyabr), 7,38±0,74 (2019-yil, noyabr), 9,66±0,82 
(2019-yil, dekabr) martani tashkil etdi. 
1-rasm. 19-21 yoshli voleybolchilarda joydan vertikal sakrash balandligining oʻsish dinamikasi 
Izoh: 1. 2019-yil, sentyabr; 2. 2019-yil, oktyabr; 3. 2019-yil, noyabr; 4. 2019-yil, dekabr 
Ushbu oʻrtacha koʻrsatkichlar shu yoshdagi voleybolchi bolalar uchun yetarlimi yoki yoʻqmi? – degan 
savol tug’iladi. Agar zamonaviy voleybolda deyarli barcha oʻyin usullari sakrab ijro etilishi hisobga olinsa, 
albatta, bunday sakrash chidamkorligini yetarli deb boʻlmaydi. Afsuski, aynan biz qoʻllagan test orqali sakrash 
chidamkorligini baholash natijalari rasmiy manbalarda keltirilmagan. 
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari va ularning qiyosiy tahlili quyidagi xulosalarni e’tirof etishga 
imkon beradi. 
1. Turli yosh va tayyorgarlikka mansub voleybolchilar mashg’ulotlarini vizual usulda tahlil qilish 
natijisida shu narsa aniqlandiki, bugungi voleybolda ustuvor ahamiyatga loyiq sakrovchanlik va sakrash 
chidamkorligini rivojlantirishda sakrash texnikasi, koordinastiyasi va sakrash balandligini ta’minlovchi qator 
muvofiqlashgan holda ijro etilishiga jiddiy e’tibor qaratilmas ekan. 
2. 2019-yilda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlanish dinamikasini oʻrganish boʻyicha 
oʻtkazilgan tadqiqotlar shundan darak beradi. Ushbu sifatlarni ifodalovchi koʻrsatkichlarning oʻsish 
dinamikasi 19-21 yoshli voleybolchilarda oʻta sust oʻsganligi bilan farqlangan boʻlib, (sakrovchanlik 2sm ga, 
sakrash chidamkorligi 3,32 martaga), dastur boʻyicha belgilangan me’yoriy talablar darajasiga yetmaganligi 
aniqlandi. Hatto, Buxoro viloyat terma jamoasiga mansub voleybolchi qizlarda ham ushbu koʻrsatkichlar 
yuksak natijalar bilan farqlanmadi. 
3. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini ta’minlovchi, shu bilan bir qatorda sakrab ijro etiladigan 
oʻyin usuliga mos sakrash texnikasining tarkibini belgilovchi asosiy kinematik elementlari birligi hamda uning 
integratsion funksiyasiga rioya qilinmasligini isbotlab berdi. Aynan ana shu holat sakrovchanlik va sakrash 
chidamkorligini voleybochilar imkoniyatidan past darajada ijro etishga olib keladi – deb xulosa qilishga imkon 
beradi. 
Adabiyotlar 
1. Абдуллаев М.Ж. Бошланғич тайёргарлик босқичида шуғулланувчи ўсмир енгил 
атлетикачиларнинг жисмоний тайёргарлиги динамикаси // “Фан-спортга” илмий назарий журнал. – 
Тошкент, 2018, №2. 13-15 б. [13.00.00№16].
2. Абдуллаев М.Ж. О некоторых особенностях кинематики метания диска с места // Система 
менеджмента качества в вузе: здоровье, образованность, конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII 
Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 7-10.
3. Абдуллаев М.Ж. Физкультурно-оздоровительные подходы в процессе физического 
воспитания студентов вузов // Система менеджмента качества в вузе: здоровье, образованность, 
конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 10-14.
4. Абдуллаев М.Ж. Swot-анализ в структуре информационных технологий физического 
воспитания 
// 
Система 
менеджмента 
качества 
в 
вузе: 
здоровье, 
образованность, 
конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 14-18.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling