“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Voleybol bilan 2 yil shug’ullangan 19-21 yoshli voleybolchilarda sakrovchanlikning rivojlanish dinamikasi (n=24), (͞χ±ϭ) Testlar 2019-yil
Muhokamalar va natijalar. Tadqiqotga voleybol bilan 2 yil davomida shug’ullangan 24 nafar 19-21
yoshli oʻg’il va qiz bolalar ishtirok etdi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalaridan shu narsa koʻzga tashlandiki, tadqiqot obyekti boʻlgan barcha voleybolchilar bilan olib borilayotgan odatdagi an’anaviy mashg’ulotlar va ularda qoʻllanilayotgan sakrash mashqlari sakrovchanlik hamda sakrash chidamkorligini shug’ullanuvchilar yoshi va sport tayyorgarligiga nisbatan yetarli emasligidan darak beradi. Chunonchi, maktab voleybol toʻgaragida 2 yil davomida shug’ullanib kelgan 19-21 yoshli oʻg’il bolalarda joydan vertikal sakrash balandligi 2019-yil sentyabr oyining boshida oʻrtacha 30,2±2,24 sm ni tashkil etgan boʻlsa, oradan sal kam 4 oydan soʻng (dekabrning boshi) 30,8±2,26 sm, yana oradan 3 oy oʻtganda – 32,2±2,38 sm (2019-yil, noyabr), yana 3 oydan soʻng 33,0±2,41 sm gacha ortdi xolos (1 jadval). Koʻrinib turibdiki, deyarli 1 yil davomida olib borilgan an’anaviy mashg’ulotlar davomida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini ifodalovchi koʻrsatkichlarning oʻsish sur’ati juda sust borgan. Y.D.Jeleznyak (1998, 2002) va L.R.Ayrapetyanst, A.A.Pulatov (2012)larning ma’lumotlariga qaraganda 2-3 yil davomida voleybol bilan shug’ullangan 19-21 yoshli bolalarda vertikal sakrash balandligi 40-42 sm, atrofida boʻlishi lozim ekan yoki oʻrtacha 41,4 sm ga teng boʻlishi kerak. Demak, mazkur tadqiqot ishtirokchilari boʻlmish 19-21 yoshli voleybolchilarda qayd etilgan sakrovchanlik darajasi talabga javob bermaydi – deb ta’kidlash mumkin. 1-jadval. Voleybol bilan 2 yil shug’ullangan 19-21 yoshli voleybolchilarda sakrovchanlikning rivojlanish dinamikasi (n=24), (͞χ±ϭ) Testlar 2019-yil sentyabr 2019-yil oktyabr 2019-yil noyabr 2019-yil dekabr Joydan vertikal sakrash (sm) 30,2±2,24 30,8 ±2,26 32,2 ±2,38 33,0±2,41 Yugurib kelib vertikal sakrash (sm) 32,6±2,44 33,2±2,34 34,5±3,02 36,4±3,14 Yuqoriga koʻtarilgan qoʻldan 25 sm balandda osilgan toʻpga maksimal marta sakrab qoʻl tekkazish (marta) 6,34±0,44 6,88±0,48 7,38±0,74 9,66±0,82 Yugurib kelib vertikal sakrash balandligi tadqiqot oʻtazilgan davrlarga muvofiq ravishda 32,6±2,44 sm, 33,2±2.34 sm, 34,5±3,02 sm, 36,4±3,14 sm ni tashkil etdi. Afsuski, qayd etilgan bunday koʻrsatkichlar taqqoslanadigan boʻlsa, joydan sakrash va yugurib kelib sakrash balandligi oʻrtasida taxminan 2-3 sm bilan farq 8-2 smni, katta yoshli malakali voleybolchilarda esa 20-30 sm gacha boʻlishi mumkin. Yuqorida keltirilgan manbaalarda 13-14 yoshli voleybolchilarda yugurib kelib vertikal sakrash balandligi 50 sm atrofida qayd etilgan. Ma’lumki, bugungi voleybol mashg’ulotlari 2-3 soatni, musobaqa oʻyinlari esa 1-2 soatgacha davom etadi. Agar musobaqa sikllarida oʻtkaziladigan mashg’ulot va musobaqa oʻyinlari e’tiborga olinadigan boʻlsa, https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling