“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
41 voleybolchilar uchun nafaqat yuksak sakrovchanlik, balki sakrash chidamkorligi ham oʻta muhim ekanligi ayon boʻladi. Tadqiqotimizda ishtirok etgan 19-21 yoshli voleybolchilarda sakrash chidamkorligini ifodalovchi koʻrsatkich – yuqoriga koʻtarilgan qoʻldan 25 sm balandda osilgan toʻldirma toʻpga maksimal marta sakrash soni 6,34±0,44 (2019-yil, sentyabr), 6,88±0,48 (2019-yil, oktyabr), 7,38±0,74 (2019-yil, noyabr), 9,66±0,82 (2019-yil, dekabr) martani tashkil etdi. 1-rasm. 19-21 yoshli voleybolchilarda joydan vertikal sakrash balandligining oʻsish dinamikasi Izoh: 1. 2019-yil, sentyabr; 2. 2019-yil, oktyabr; 3. 2019-yil, noyabr; 4. 2019-yil, dekabr Ushbu oʻrtacha koʻrsatkichlar shu yoshdagi voleybolchi bolalar uchun yetarlimi yoki yoʻqmi? – degan savol tug’iladi. Agar zamonaviy voleybolda deyarli barcha oʻyin usullari sakrab ijro etilishi hisobga olinsa, albatta, bunday sakrash chidamkorligini yetarli deb boʻlmaydi. Afsuski, aynan biz qoʻllagan test orqali sakrash chidamkorligini baholash natijalari rasmiy manbalarda keltirilmagan. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari va ularning qiyosiy tahlili quyidagi xulosalarni e’tirof etishga imkon beradi. 1. Turli yosh va tayyorgarlikka mansub voleybolchilar mashg’ulotlarini vizual usulda tahlil qilish natijisida shu narsa aniqlandiki, bugungi voleybolda ustuvor ahamiyatga loyiq sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishda sakrash texnikasi, koordinastiyasi va sakrash balandligini ta’minlovchi qator muvofiqlashgan holda ijro etilishiga jiddiy e’tibor qaratilmas ekan. 2. 2019-yilda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlanish dinamikasini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar shundan darak beradi. Ushbu sifatlarni ifodalovchi koʻrsatkichlarning oʻsish dinamikasi 19-21 yoshli voleybolchilarda oʻta sust oʻsganligi bilan farqlangan boʻlib, (sakrovchanlik 2sm ga, sakrash chidamkorligi 3,32 martaga), dastur boʻyicha belgilangan me’yoriy talablar darajasiga yetmaganligi aniqlandi. Hatto, Buxoro viloyat terma jamoasiga mansub voleybolchi qizlarda ham ushbu koʻrsatkichlar yuksak natijalar bilan farqlanmadi. 3. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini ta’minlovchi, shu bilan bir qatorda sakrab ijro etiladigan oʻyin usuliga mos sakrash texnikasining tarkibini belgilovchi asosiy kinematik elementlari birligi hamda uning integratsion funksiyasiga rioya qilinmasligini isbotlab berdi. Aynan ana shu holat sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini voleybochilar imkoniyatidan past darajada ijro etishga olib keladi – deb xulosa qilishga imkon beradi. Adabiyotlar 1. Абдуллаев М.Ж. Бошланғич тайёргарлик босқичида шуғулланувчи ўсмир енгил атлетикачиларнинг жисмоний тайёргарлиги динамикаси // “Фан-спортга” илмий назарий журнал. – Тошкент, 2018, №2. 13-15 б. [13.00.00№16]. 2. Абдуллаев М.Ж. О некоторых особенностях кинематики метания диска с места // Система менеджмента качества в вузе: здоровье, образованность, конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 7-10. 3. Абдуллаев М.Ж. Физкультурно-оздоровительные подходы в процессе физического воспитания студентов вузов // Система менеджмента качества в вузе: здоровье, образованность, конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 10-14. 4. Абдуллаев М.Ж. Swot-анализ в структуре информационных технологий физического воспитания // Система менеджмента качества в вузе: здоровье, образованность, конкурентоспособность. Сб. науч. тр. VII Междунар. науч. - практ. конф., 2018, С. 14-18. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling