“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

 
Kirish. Ma’lumki, sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita 
bog’liqdir. Binobarin, oʻzbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni raqobatbardosh pog’onaga koʻtarish 
bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va uslubiy tadbirlarning ilmiy asosda amalga 
oshirilishi talab qilinadi. Lekin bunday sifatlarga erishish nihoyatda ehtiyotkorlik, mashg’ulot yuklamalarini 
asta-sekinlik bilan, “toʻlqinsimon” yoʻnalishda oshira borish evaziga amalga oshirilishi mumkin. Albatta, bu 
jarayon uzluksiz va muntazamlilik hamda mashg’ulot yuklamalarini shug’ullunuvchi “obyekt”ning funksional 
imkoniyatlariga mos tarzda qoʻllash tamoyillari asosida yanada samarali va jadalroq kechadi. Hozirgi kunda 
koʻp joylarda sport toʻgaraklari, BOʻSMlar, hatto, ayrim terma jamoalarda ham mashg’ulotlarni ilmiy asosda 
tashkil qilish, yuklamalarni rejalashtirish, umumiy va ixtisoslashtirilgan mashqlarni tanlash hamda qoʻllashda 
shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlari obyektiv test natijalariga 
asosan amalga oshirilmaydi. Ana shunday kamchilik va muammolar voleybolchilar tayyorlash amaliyotida 
ham koʻzga tashlanadi.
Toʻg’ri, soʻnggi yillarda voleybol boʻyicha chop etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarida mazkur 
mavzu yoki masalalarga bag’ishlangan ma’lumotlar hamda tadqiqot natijalari talqin etilgan 
(L.R.Ayrapetyanst, M.A.Godik 1991; Y.D. Jeleznyan, 1998, 2005; A.V.Belyayev, M.V.Savin, 2000, 2009; 
Y.N.Kleshev, 2003; L.R.Ayrapetyanst, 2006; L.R.Ayrapetyanst, A.A.Pulatov, 2012).
Shu bilan bir qatorda, ushbu manbalarda turli zonalardan zarba berish, toʻsiq qoʻyish, sakrab orqaga 
yoki oldinga toʻp uzatish, toʻp kiritish uchun ijro etiladigan sakrashlar koordinastiyasi, balandligi, holat-
yugurib kelish, oyoqlarni bukish burchagini tanlash masalalari tadqiqot predmeti sifatida atroflicha 
oʻrganilmagan. Boz ustiga, sakrovchanlik (sakrash balandligi) faqat Abalakov yoki “diagonal ekran” (kosoy 
ekran) oʻlchov usuli bilan baholanadi. Sakrash chidamkorligi esa muayyan balandlikda osilgan toʻpga 
maksimal marta sakrab qoʻl tekkizish usuli orqali baholanadi. Darvoqe, ayrim tadqiqotlarda “tezometrik 
platforma” asbobida ham ushbu sifatlar sur’ati aniqlangan. (A.V. Belyayev, M.V. Savin, 2009). Ammo 
tenzometrik asboblar oʻzining og’irligi, ekspluatatsion jihatdan koʻp vaqtni talab qilishligi bilan 
sakrovchanlikni tezkor baholash va nazorat qilish imkonini bermaydi. Ana shu va sakrovchanlikni 
ta’minlovchi boshqa xususiyatlarni (yuqorida muhokama etilgan) e’tiborga olgan holda biz ushbu sifatning 
turli qirralarini oʻrganish imkoniyatini yaratadigan yangi texnologik asbobni ixtiro qilishga erishdik. 
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling