Pedagogik mahorat


Obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ munosabati


Download 0.84 Mb.
bet110/231
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1119222
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

Obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ munosabati tar- biyaviy texnologiya modelida asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi deb e’tirof eti- ladi. Unda tarbiyalashni amalga oshiradigan o‘qituvchi yoki shaxslar guruhi, shuningdek manfaatlari doirasida tarbiyaviy o‘zaro ta’sir ko‘rsa- tishni tashkil etuvchi shaxs yoki ijtimoiy muhit guruhi (masalan: sinf guruhi) tushuniladi.

  • Tarbiyaviy reja asosida tarbiyalashning bir maqsadga yo‘nal- tirilganligi, tarbiyaviy texnologiya unsurlarini modellashtirishda o‘qituv- chi tomonidan belgilangan hamda obyektni tarbiyalashdan ma’lum bir maqsadni ko‘zlash yoki faraz qilishdir. Ushbu jarayon asosida o‘qituvchi ishtirokida olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatning bir maqsadga qaratil- ganligi aniq mazmunga ega tarbiyaviy vositalarda, shakl va metodlarda ifodalanadi.

  • Uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon tarbiya texnologiya- larining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ta’limning uzluksizligini va nafaqat ta’lim muassasalarida, balki tarbiya oilada, ijtimoiy va geog- rafik muhitda, mahallada olib borilishini bildiradi. Zero, ota-ona yoki avlod-ajdodlarga xos bo‘lgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod qilish qobili- yati va boshqa iste’dod alomatlarining irsiyat orqali bolaga o‘tishini ta’minlovchi biologik omillarning (layoqat va iste'dod mudroq holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi uchun oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida qulay sharoit yaratish talab etiladi) hamda shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi oila, maktab, do‘stlar va tengqurlar davrasi kabilarni o‘z ichiga oluvchi mikromuhitning uzluksiz tarbiyaviy jarayonda ta’siri beqiyosligi olimlarimiz tomonidan e’tirof etilgan. Ayniqsa, oila muhiti shaxsning shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy maskan bo‘lib, nihoyatda keng tarmoqli tarbiyaviy ta’sir etish quvvatiga ega. Ota-onaning tarbiya- langanligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola tarbiyasida doimiy nazorat va javobgarlik hissi o‘zbek oilasi uchun eng qadrli burch sifatida e’zozlanadi. Bularning barchasi tarbiyalanuvchi subyektga nisba- tan komil inson shaxsiga xos sifatlarni shakllantirishga qaratilgan.


  • Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling