Pedagogik mahorat
Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- predmetli modellashtirish
Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
Modellashtirish - obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qism- larini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo‘lgan hamda quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir. Shunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Modellashtirishning shakli va qo‘llanilishi foydalaniladigan modellar va ularni qo‘llash sohalariga bog‘liq. Tarbiya texnologiyalarining sama- radorligini oldindan ko‘ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to‘g‘risidagi muammo “pedagogik modellashtirish” nomini olgan. Modellar xarakteriga ko‘ra predmetli va belgili (informatsion) mo- dellashtirishga bo‘linadi. Shartli ravishda ular asl obyektning belgilangan funksional xususiyatlarini ifodalaydi. Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot modellari predmetli modellashtirish deb ataladi. Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar belgili modellashtirish sifatida namoyon bo’ladi. Modellashtirilishi lozim bo‘lgan obyektning xarakteri va yosh xusu- siyatlariga ko‘ra avvalo, uning xulq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnolo- giyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e’tiborga olish zarur: Barcha tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni modellashtirish. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo‘l- magan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan o‘zaro tarbiyaviy faoliyatni modellashtirish. Tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda model- lashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari yana bir nechta mustaqil, biroq o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga ega bo‘lgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: tarbiyaviy faoliyatda obyekt va subyektning o’zaro kommunikativ munosabati; bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar; uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari; guruh jamoasi norasmiy etakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga ta’siri. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling