Pedagogik mahorat
Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati rivojlanganligi o‘z mehnatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati - bu ulkan imkoniyatdir, uning mohirligi, mehnatsevarligi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. O‘qituv- chi qobiliyati zehnining o‘tkirligidan dalolat beradi. Iqtidor, iste’dod, da- holik - o‘qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalari- ning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar, inson xarakteri ka- bi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifat- lardir.
Psixologiyada qobiliyatga - insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi deb ta’rif beriladi. Demak, o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to‘g‘ri tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatida: o‘z kasbiga bo’lgan munosabati asosida kasbiy ehtiyojini ku- chaytiradi; kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi; pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluv- chanlikni shakllantiradi; o‘z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ijodkorlik sifatlari majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi. O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati psixologik texnologiyalar bilan kuchaytirilib modifikatsiyalanadi va o‘qituvchining mehnat faoli- yatida bu muhim ahamiyat kasb etadi: muloqot qilish (kommunikativ), voqealarni oldindan ko‘ra olish, eshitish va his qilish, o‘zligini bilish, tushunish va his qilish kabi qobiliyatlar o‘qituvchi mehnatida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xa- rakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar pedagogik mehnat faoliyatida qobiliyati past o‘qituvchilarga qaraganda ko‘proq ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha olmaydi. Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining amaliy va nazariy bilimlarni chuqur egallashda tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli bo‘lajak o‘qituvchi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori natijalarga erishadi hamda ishlab chiqarishda, fan va texnika jarayonlariga yangilik kirita oladi. O’qituvchining iqtidori va qobiliyati - N.V.Kuzminaning fikricha, pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ta’lim-tarbiyada belgilangan maqsadga osonlikcha erishishni ta’minlovchi hamda mehnat unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar majmuasidir. N.V.Kuzmina iqti- dor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatiga, izlanayotgan natija- larni egallashning eng samarali usullarini topishga o‘ziga xos sezgir- likdan iborat individual, turg‘un xususiyatlar deb ta’rif beradi va peda- gogik qobiliyatlarning refleksiv darajasi uch xil turdagi sezgirlikni o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi: tarbiyalanuvchi obyektni his qilishi; me’yor va xushmuomalalikni his etish; o‘z kasbiga nisbatan javobgarlikni his qilish. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling