v) vaziyatga qarab xulosa chiqaraman (2 ochko).
Endi yiqqan ballaringiz natijalari bilan tanishing:
24 ball va undan past: Siz bilan bemalol muloqot olib borsa, suh- batlashsa bo‘ladi, biroq Siz haddan tashqari ko‘ngilchan insonsiz, tinch- liksevarsiz. Qat’iyatli, dovyurak bo‘lishingiz kerak. O‘zingizga tanqidiy munosabatda emassiz. Shunday bo‘lsada, jamoaga va atrof muhitdagi kishilarga nisbatan hurmat-ehtiromni yo‘qotmang.
25 - 31 ball: Siz jamoa va atrofingizdagi kishilar bilan bemalol muloqot qila olasiz, ba’zan Siz bilan muloqotga kirishish juda qiyin. Chunki, Sizning xatti-harakatingiz kayfiyatingizga qarab o‘zgaradi. Ruhiy kechinmalarga, his-tuyg‘ularga berilishingiz kerak emas, sabr- toqatli bo‘ling. Ba’zan o‘zingizni o‘zgalar hamda Siz ranjitgan odamlar o‘rniga qo‘ya biling.
32 - 45 ball: Siz umuman o‘ylamay gapiradigan, yengil tabiat insonsiz, ba’zan judayam tajovuzkor, urushqoq holatga tushasiz. Jamo- angiz va atrof-muhitingizdagi kishilar fikr-mulohazalariga qarshi kura- shishga ham tayyorsiz. Siz bilan murosaga kelish, muloqot olib borish juda og‘ir. Agarda o‘zingizga nisbatan qat’iyatli, kamchiliklaringizga nis- batan tanqidiy munosabatda bo‘lsangiz, kunlar o‘tib yaxshi suhbatdoshga aylanishingiz mumkin.
5. Xarakteringizdagi kuchli holatlar.
Hurmatli o‘qituvchi. Siz pedagogik faoliyatingizga nisbatan qanday pozitsiyadasiz: ijodkorlik bilanmi, o‘ziga xos noyob g‘oyalar bilanmi yoki eskirgan siyqasi chiqqan andozalar bilan ishlaysizmi? Pedagogik mahoratingizdagi kuchli jihatlar nimada mujassamlashgan? Ushbu test savollari xuddi shu muammolarga javob topishingizga yordam beradi.
Salomatligim mening jiddiy mehnat qilishimga ta’sir qiladi:
ha;
yo‘q;
ba’zi holatlarda.
Umuman olganda, men omadliman:
ha;
yo‘q;
Do'stlaringiz bilan baham: |