Pedagogik mahorat


O’QITUVCHI BILISHI LOZIM BO’LGAN MUHIM KOMMUNIKATIV VAZIFALAR


Download 0.84 Mb.
bet38/231
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1119222
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

O’QITUVCHI BILISHI LOZIM BO’LGAN MUHIM
KOMMUNIKATIV VAZIFALAR

Kasbiy-pedagogik muloqotning uzuksiz jarayonlarini o‘rganish qonuniyatlari, tizimi va tamoyillarini mukammal bilish.
Pedagogik kommunikatsiya ta’lim-tarbiya jarayonida bevosita qo'llash tartibi va texnologiyalarini muntazam egallab borish.
Kasbiy-pedagogik muloqotning ko'nikma va malakalirini uzuksiz o'zlashtirib borish.
Kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish.
9-chizma.
Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchining kasbiy muloqot ko‘nikmalarini egallash jarayonini to‘la ta’minlay oladi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Umu- miy ijodiy pozitsiyalarni o‘zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o‘zaro nisbatlash, o‘zi uchun uning tizimi,
mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni egallash bo‘yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sharti sanaladi. Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini o‘qituvchi o‘z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o‘tkazish) zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi kommunikativ vazifalarni qan- day amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoli- yatda kommunikativ vazifalarning ahamiyati ko‘p qirrali ekanligini o‘qituvchi yaxshi his qiladi. Ta’lim-tarbiya davomida o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik, o‘quvchilarni qandaydir jamoaviy ishlarni bajarishga uyushtirish, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta’minlash kabi kommunikativ vazifa- larning pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masala- lari ro‘yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin. O‘qituvchining kommu- nikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizimdir:

  • axborot-kommunikativ;

  • regulyatsion-kommunikativ;

  • affektiv-kommunikativ.

Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo‘ladi va belgi- langan natijalarni bermaydi.
Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z- o‘zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko‘rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan:

  • o‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘r- ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;

  • pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o‘quvchilar bilan muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi;

  • har bir o‘quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xusu- siyatlarini o‘rgangan bo‘lishi;

  • muloqotda o‘zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his-tuyg‘ularini jilovlay olishi;

  • sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va mala- kalarini egallashi;

  • pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlan- ganligi;

  • fanlarni o’qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg‘ulotning texnologik xari- tasini tuza olishi;

  • sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko‘rishi.

O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaf- faqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma va malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq.
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o‘qituvchmmg o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Ma’lum ma’noda o‘qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’- sirlanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘ularidan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy his- tuyg‘ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo‘ladi va o‘qituvchining ta’sirlanishi, his-tuyg‘ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida peda- gogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qara- tilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy, g‘ayri- ixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vazi- yatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o‘z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va peda- gogik ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida amalga oshiriladi.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling