Pedagogik mahorat
O‘qituvchi muloqotini ta’minlaydigan talablar quyidagi sharoit- larda ijobiy natijalar beradi
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
O‘qituvchi muloqotini ta’minlaydigan talablar quyidagi sharoit- larda ijobiy natijalar beradi:
Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi hamda ularning yosh xususiyatlari inobatga olingan bo‘lishi kerak. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim. Jamoaning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatiga nisbatan qo‘yilayotgan talablari jamiyat talablari bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi shart. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim. O‘qituvchi qo‘yilayotgan talablar hajmini va tizimini bilib o‘rgangan holda, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanish- tirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. O‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mum- kin, biroq aksariyat holatlarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois mun- tazam ravishda xulq-atvorni mashq qildirish lozim. Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning amal qili- shi ustidan nazorat o‘rnatiladi. Nazorat qilib borish turli shakllar yor- damida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinf xonasidagi navbatchilik, stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiqdir. Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar Pedagogikada muloqot qanday xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi? O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad nima? Pedagogik muloqot funksiyalariga ta’rif bering? V.A.Kan-Kalik o’qituvchining pedagogik muloqoti tizimini qan- day yo‘nalishlar asosida ta’riflaydi? Muloqotning har bir bosqichida yosh o‘qituvchi nimani bilishi kerak? Tashkilotchi va ijrochi o‘quvchilar to‘g‘risida tasavvurlaringiz? O‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti qanday prinsiplarda amalga oshiriladi? O‘qituvchining jonli muloqoti qanday uslublar asosida takomil- lashtiriladi? Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot orqali qanday ta’lim va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi? O‘qituvchining pedagogik ta’sir etuvchi usullariga ta’rif bering? O‘qituvchining rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishda qo‘l- laydigan muloqot uslublari? O‘qituvchi muloqotini ta’minlaydigan asosiy talablar haqida o‘z fikringizni bildiring? Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling